Vazirlar Mahkamasining 21.12.2017 yildagi 1007-son «Özbekiston Respublikasining Davlat çegarasi orqali ötkaziş punktlarida çegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratini taşkil etiş tartibini takomillaştiriş töğrisida»gi qarori e'lon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.
 
Çegara orqali ötkaziş punktlarini jihozlaş
 
2018-2020 yillarda Özbekiston Respublikasining Davlat çegarasi orqali ötkaziş punktlarini texnik vositalar bilan jihozlaşni takomillaştiriş böyiça tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Quyidagilarni joriy etiş rejalaştirilmoqda:

• ötkaziş punktlaridagi pasport nazorati xonalarini – Davlat çegarasini kesib ötadigan şaxslarni qidiruvda bölgan fuqarolarning elektron fotokartotekasi bilan soliştiriş imkonini beradigan videokuzatuv tizimlari;
• ötkaziş punktlarida – pasport nazoratining avtomatlaştirilgan xonalari ("elektron geytlar");
• yölovçilar töğrisida "SITA" turidagi dastlabki axborot tizimi dasturiy ta'minoti.
 
Şuningdek, MXX Davlat çegaralarini himoya qiluvçi qömitasi server uskunalari va qidiruv-axborot tizimining mavjud dasturiy ta'minotini modernizatsiya qiliş, şuningdek uni yangidan joriy etiladigan tizimlar bilan integratsiyalaş közda tutilgan.
 
Bu bilan boğliq xarajatlar MXX Davlat çegaralarini himoya qiluvçi qömitasi va DBQga har yili ajratiladigan byudjyet mablağlari, byudjyetdan taşqari mablağlar, şuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşiriladi.
 
Çegara nazorati – yangi nizom böyiça
 
Şaxslar, transport vositalari va tovarlarni Özbekiston Respublikasining Davlat çegarasi orqali ötkaziş punktlarida çegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan ötkaziş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi (keyingi örinlarda – Nizom). Unda har bir davlat nazorati organining huquq va majburiyatlari, şuningdek davlat çegarasining har bir ötkaziş punkti: avtomobil yöllari (piyodalar), temir yöllar va aviatsiya va daryo ötkaziş punktlaridan ötiş tartibi batafsil bayon etilgan. 
 
Nizomga köra, Davlat çegarasidan ötayotgan barça şaxslar, transport vositalari va tovarlar çegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan ötkaziladi (tegişli davlat nazorat organlari tomonidan). Nazoratning muayyan turlari va şakllaridan ozod etiş tartibi qonunçilik va mamlakatning xalqaro şartnomalariga muvofiq amalga oşiriladi.
 
Davlat çegarasi orqali ötkaziş davlat nazorati organlari tomonidan ötkaziş punktida MXX va IIVning hududiy organlari bilan hamkorlikda amalga oşiriladi. Şaxslar, transport vositalari va tovarlarni Davlat çegarasi orqali ötkaziş töğrisidagi yakuniy qaror ular ötkaziş punktida barça turdagi nazoratdan ötkazilgandan söng çegara nazorati bölinmasi tomonidan qabul qilinadi.
 
Ustuvorlik kimga beriladi 
 
Davlat çegarasi orqali quyidagilar ustuvor tartibda ötkaziladi:

• Özbekiston qonunçiligi va xalqaro şartnomalarga muvofiq muayyan imtiyozlarga ega şaxslar, oğir bemorlar, homiladorligi va nogironligi yaqqol bilinib turgan şaxslar, 7 yoşgaça bölgan bolalar, ularga hamrohlik qiluvçi şaxslar va ular ketayotgan avtotransport vositalari;
• xalqaro yönalişlarda yölovçilarni muntazam taşiydigan transport vositalari;
• tirik hayvonlar, tez buziladigan tovarlar, radioaktiv materiallar, ommaviy axborot maqsadlari uçun xabarlar va boşqa materiallar;
• tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar oqibatlarini bartaraf etişda zarur bölgan va insonparvarlik yordami sifatida yuboriladigan tovarlar, boşqa şunday tovarlar, şuningdek, uşbu tovarlar olib ötiladigan transport vositalari;
• davlatning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladigan tovarlar;
• respublikaning oliy qonunçilik, ijro etuvçi va sud hokimiyati organlariga yuboriladigan tovarlar.
 
Ba'zi hollarda şaxslar, transport vositalari va tovarlar çegara nazorati bölinmasi rahbarining qaroriga asosan bojxona organi boşliği bilan kelişilgan holda ustuvor tartibda ötkazilişi mumkin. 
 
Ikki yölakli tizim amal qiladi
 
Xalqaro yönalişlar uçun oçilgan avtomobil yöllari, temir yöllar va aviatsiya ötkaziş punktlarida yölovçilar va ularning yuklari bojxona nazorati va tekşiruvidan odatda, ikki yölakli tizimni qöllaş orqali ötkaziladi.
 
Ötkaziş punktining pasport nazorati zonasi aeroportlar hududiy imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda, fuqarolarimizni va çet el fuqarolarini rasmiylaştiriş uçun möljallangan sektorlarga ajratilişi mumkin.
 
Nimalar taqiqlanadi
 
Jismoniy şaxslarga ötkaziş punktida quyidagilar taqiqlanadi:

• çegara nazorati bölinmasi rahbarining ruxsatisiz foto va videoga suratga oliş;
• davlat nazorati organlarining nazorat tartib-taomillarini taşkil etişiga xalaqit bersa, mobil va boşqa vositalardan foydalaniş;
• davlat nazorati organlari xodimlarini nazorat tartib-taomillarini amalga oşiriş böyiça belgilangan tartibni buzişga majbur qiladigan harakatlarni sodir etiş, şu jumladan ularga biron-bir moddiy qimmatliklar taklif etiş;
• ötkaziş punkti hududiga yoki uning xizmat xonalariga belgilangan tartibni buzgan holda kiriş;
• ötkaziş punkti hududiga tegişli ruxsatlarsiz qurol-yaroğ, portlovçi moddalar va atrofdagilar hayoti yoki salomatligiga xavf tuğdiradigan boşqa predmetlar (moddalar) olib kiriş (olib ötiş).
 
Hujjat 23.12.2017 yildan kuçga kirdi.