Islom Karimovga tegişli bölgan yuzlab muhim videomateriallar ilk bor keng ommaga havola etiladi
|15:05 / 29.12.2017101 76710 min
Foto: ÖzAFoto: ÖzA
Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimovga tegişli bölgan yuzlab muhim tarixiy hujjatlar, şaxsiy buyumlar, rasmlar, suratlar va videomateriallar ilk bor keng ommaga havola etiladi.
ÖzA muxbiri bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi rahbari, tarix fanlari doktori, professor Temur Şirinov bilan suhbatlaşdi.
– Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvarda qabul qilingan "Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimovning xotirasini abadiylaştiriş töğrisida"gi hamda 2017 yil 25 apreldagi "Özbekiston Prezidenti huzuridagi Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida"gi qarorlariga muvofiq izçil işlar amalga oşirilmoqda. Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi taşkil etildi. Köça va xiyobonlar, me'moriy inşootlar va ta'lim muassasalariga u kişining nomi berildi. Birinçi Prezidentimiz hayoti va faoliyatiga bağişlangan ilmiy-ma'rifiy seminarlar ötkazilmoqda.
– Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi uçun nega aynan Oqsaroy qarorgohi tanlandi?
– Islom Karimov şaxsining tarixiy rolini abadiylaştiriş, şuningdek, Ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasini taşkil qilişning taşabbuskori Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevdir. Davlatimiz rahbari majmuani Birinçi Prezidentimizning sobiq qarorgohida joylaştiriş, uning iş kabinetini Islom Karimov hayotligida qanday körinişda bölsa, öşa holda özgarmas qilib saqlab qoliş taklifini bildirdi.
Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimovning tarixiy örni va mamlakatimiz köp asrlik ötmişidagi ulkan xizmatlarini yuksak hurmat-e'tibor bilan munosib e'tirof etdi. Xususan, davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, "Birinçi Prezidentimiz ötgan asrning 90-yillarida keskin muammolar, millatlararo mojarolar girdobiga tuşib qolgan yurtimizni özining yuksak rahbarlik salohiyati, jasorat va matonati bilan mudhiş fojialardan omon saqlab qoldi, Vatanimizni katta taraqqiyot yöliga olib çiqdi. Bu yölda özining kuç-ğayrati, aql-zakovati, bilim va tajribasini ayamadi. Bu, heç şubhasiz, tom ma'noda qahramonlik va fidoyilik namunasi bölib, tariximizda mangu muhrlanib qoladi".
Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasining umumiy maydoni 9,6 gektarni taşkil etadi. Majmua Oqsaroy qarorgohi, körgazmalar zali, kutubxona, anjumanlar zali va ma'muriy binolarni öz içiga oladi. Özbek xalqining iftixoriga aylangan Oqsaroyda Islom Karimov muzeyi ham joylaşgan.
Mavzuga oid
Toşkent va Samarqand şaharlarida Buyuk Yölboşçimizning haykallari örnatilgani, 2018 yil yanvar oyida Samarqandda yodgorlik majmuasining oçilişi xalqimizning unga nisbatan, mamlakatimiz mustaqilligini qölga kiritiş, milliy davlatçiligimizni qurişga qöşgan ulkan hissasiga hurmat va ehtiromi ifodasidir. Bu yoş avlodni Islom Karimov hayoti va faoliyati misolida vatanparvarlik, Vatan taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalaşga xizmat qilişi şubhasiz.
– Majmua zimmasiga qanday vazifalar yuklatilgan?
– Ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasining asosiy vazifalari Islom Karimovning zamonaviy Özbekiston asosçisi va me'mori, Özbekistonning mustaqillik yillarida erişgan yutuqlari bunyodkori, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi nufuzini mustahkamlagan buyuk şaxs sifatidagi hayoti va faoliyatini, şuningdek, uning axloqiy va insoniy fazilatlarini örganişdan iborat. Bunday yondaşuv mamlakatimizning mustaqil davlat sifatida şakllanişi va rivojlanişini namoyiş qiliş, aholi, avvalo yoşlar va xorijlik mehmonlarni Özbekistonning mustaqil taraqqiyot yöli bilan taniştiriş, yurtimiz yutuqlarini tarğib qiliş hamda yoş avlodni tarixiy va siyosiy madaniyat ruhida tarbiyalaşga qaratilgan.
Majmua xodimlari Islom Karimov hayoti va faoliyati bilan boğliq kitob, katalog, buklet va boşqa materiallarni naşr qiliş va tarqatiş, kolleksiya va buyumlarni saqlaş, hisobini yuritiş va körgazmalarga qöyiş, muzey aşyolari va töplamlari ma'lumotlar bazasini şakllantiriş, yuritiş va yangilab boriş bilan şuğullanadi. Şuningdek, biz muzey aşyolari va töplamlarini bosma va elektron şaklda Özbekiston Respublikasi Milliy muzey fondiga kiritiş böyiça takliflar ham tayyorlaşimiz mumkin.
Öziga yuklatilgan vazifalarni ijro etiş maqsadida yodgorlik majmuasi xalqaro taşkilotlar, joylardagi davlat va xöjalik boşqaruvi, davlat hokimiyati va özini özi boşqariş organlari, yuridik va jismoniy şaxslar bilan özaro aloqalar örnatgan. Milliy qonunçilikka muvofiq, bu yerda tarixiy aşyolar, moddiy madaniyat yodgorliklari va arxiv hujjatlarini munosib saqlaş, asrab-avaylaş, hisobini yuritiş, örganiş va ulardan foydalanişni ta'minlaş uçun barça şaroitlar yaratilgan.
Naşr qilinayotgan bosma, kinematografik, badiiy va boşqa materiallar hamda mahsulotlardagi ma'lumotlarning tarixiy haqiqatga mosligi yuzasidan ekspert xulosasini taqdim etamiz. Şuningdek, majmuaga Özbekiston va davlat qurilişi sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oşiriş, madaniyat, ilm-fan, ta'lim, ma'rifat, sport, san'at va ijod sohalarida izlanayotgan yoş iste'dodlar uçun grant va stipendiyalar ta'sis etiş va tayinlaş huquqi berilgan.
Majmuada Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi va boşqa ma'rifat maskanlari bilan hamkorlik qiladigan maxsus kutubxona taşkil etildi, birgalikda ma'rifiy tadbirlar ötkazilmoqda. Bugungi kunda xalqaro muzeylar hamjamiyati manfaatlarini ifoda etiş, madaniy yodgorliklarni himoya qiliş, saqlaş va yetkaziş bilan şuğullanuvçi ICOM xalqaro taşkilotiga qöşiliş böyiça iş olib borilmoqda.
Şu bilan bir qatorda, majmua negizida rasmiy doiralar vakillari, mamlakatimiz va xorijning taniqli siyosat, fan va jamoat arboblari iştirokida Özbekiston tarixi va davlatçiligiga bağişlangan anjuman, simpozium, seminar, brifing, davra suhbatlari, Islom Abduğaniyeviç Karimovni şaxsan tanigan, bilgan odamlarning xotiralari bilan tanişuv keçalarini taşkil etiş közda tutilgan.
Ayni paytda majmua Özbekistonda va çet ellarda madaniy-ma'rifiy tadbirlar uyuştirişi, maslahat va boşqa turdagi faoliyat bilan şuğullanişi mumkin.
– Majmua negizida qanday ilmiy va ma'rifiy işlar olib boriladi?
– Majmua negizida Birinçi Prezidentimiz Islom Karimovning hayoti va faoliyatini, jumladan, uning rahnamoligida amalga oşirilgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy-madaniy islohotlarni örganiş böyiça ilmiy tadqiqot işlarini taşkil etiş közda tutilgan. Şuningdek, Birinçi Prezidentimizning hayoti va faoliyatiga bağişlangan dissertatsiya işlarining ilmiy mavzulari işlab çiqiladi va belgilangan tartibda kelişiladi.
Islom Karimov hayoti va faoliyatining turli jihatlariga bağişlangan mahorat saboqlari, ijodiy keça, körgazma, seminar, ilmiy-amaliy anjumanlar taşkil etiş rejalaştirilgan. Maktab, litsey, kollej öqituvçilari uçun fuqarolik jamiyati asoslari, davlat boşqaruvi nazariyasi va amaliyoti, milliy ğoya, Özbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş strategiyasi, ma'naviyat asoslari, mamlakatimizning eng yangi tarixi böyiça maxsus qisqa muddatli tayyorlov öquvlari ötkaziladi.
– Muzeyni taşkil etiş işlari, unda qöllanadigan texnologiyalar haqida sözlab bersangiz.
– Muzey ekspozitsiyasi noyob hujjatlar va Birinçi Prezidentimizning şaxsiy buyumlaridan iborat böladi. Masalan, bu yerda "Mugunxva" Katta ordeni (Koreya Respublikasi), Italiya Respublikasi Katta Xoç Sohibining "Xizmatlari uçun" ordeni, "Oltin Burgut" ordeni (Qozoğiston), Xalqaro Olimpiya qömitasining Oltin medali, Osiyo Paralimpiya qömitasining Oltin ordeni, Xalqaro havaskorlar sambo federatsiyasi Oltin ordeni hamda Islom Karimov hayotligida sazovor bölgan boşqa mukofotlar namoyiş etiladi.
Muzeyda sovğalar, esdaliklar, foto va videomateriallar, rasmlar töplami jamlanadi. Islom Karimovga turli materiallardan işlangan va turfa badiiy uslublarda çizilgan köplab portretlar sovğa qilingani unga nisbatan ulkan hurmat-e'tibordan dalolat beradi.
Muzey fondi va ekspozitsiyalari tasdiqlangan konsepsiyaga muvofiq tarixiy aşyolar, moddiy yodgorliklar, arxiv hujjatlaridan şakllantirilmoqda. Buyuk Yölboşçimizning hayoti va faoliyatidan sözlovçi bir neça ming eksponat tayyorlaş közda tutilgan.
Muzey unga keluvçilarni ulkan multimedia ma'lumotlari bazasi bilan taniştiriş uçun eng yangi texnika vositalari, qöşimça voqelik proyektsion tizimlari, keng formatli ekranlar, ilğor interfaol axborot portlari bilan jihozlanadi. Bugungi kunda Islom Karimovga bağişlangan materiallar joylaştirib borilayotgan sayt faoliyat yuritmoqda, unda virtual sayohatlar ötkaziş uçun 3D panoramalar imkoniyatlaridan foydalanilmoqda.
– Majmua tomonidan Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimov tavalludining 80 yilligini nişonlaş böyiça qanday tadbirlar taşkil etiladi?
– Birinçi Prezidentimiz tavalludining 80 yilligini nişonlaş doirasida Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimov faoliyatiga bağişlangan kitob, Islom Karimovning “Yoşlar bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvçi kuçidir”, “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuç” asarlari, şuningdek, “Prezidentga maktublar” kitobi taqdimotlarini ötkaziş rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, Samarqandda “Islom Karimov – Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asosçisi” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya ötkaziş közda tutilgan. Şuningdek, 2018 yilning birinçi çoragida “Islom Karimov xotirasiga bağişlangan eng yaxşi ilmiy-ommabop maqola” tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimi ötkaziladi. Tanlov iştirokçilarining eng namunali işlari alohida töplamda naşr qilinadi va majmuamiz rasmiy saytida joylaştiriladi.
Barça ta'lim muassasalarida bölgani kabi majmuada ham taniqli adib va olimlar iştirokida Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti xotirasiga bağişlangan uçraşuvlar taşkil etiladi.
Buyuk şaxslarning işlari tarix silsilasi va butun xalqlar taqdirini belgilab beradi. Buyuk davlat arbobi va siyosatçi, mustaqil Özbekiston asosçisi va Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz ma'naviyati va turmuş darajasini yuksaltirişga qaratilgan ulkan bunyodkorlik işlari va keng miqyosli islohotlarni amalga oşirgan şaxs sifatida tarix zarvaraqlarida mangu muhrlanadi.