Toşkent yuridik kollejining sobiq direktori Natalya Temirova ayni vaqtda qamoqda saqlanmoqda. Unga nisbatan davlat byudjyeti mablağlarini yirik miqdorda talon-toroj qiliş, yuridik kollejga noqonuniy yöl bilan öqişga kirgan talabalarga diplomlar beriş kabi ayblovlar ilgari surilmoqda. Toşkent şahar prokuraturasi rasmiy vakili Bobir Dehqonov jurnalistlar savoliga javob berar ekan, şu haqda ma'lum qildi.
Dehqonovning sözlariga köra, 2017 yil 25 noyabrda Temirova ÖzR Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”bandi, 205-moddasi 1-qismi, 206-moddasi 1-qismi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan boğliq jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinib, qölga olingan. U ayni vaqtda ehtiyot çorasi sifatida qamoqda saqlanmoqda. Ayni vaqtda tergov jarayoni davom etmoqda.
Şu bilan birga, yuridik kollejda ikki kursdoşiga piçoq sançib, birining hayotdan köz yumişiga, ikkinçisining oğir tan jarohati olişiga sabab bölgan 3-kurs talabasi Saidkamron Saidvaliyev sodir etgan jinoiy işi böyiça tergov jarayoni yakunlanib, ayni vaqtda jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudida körib çiqilmoqda.
Eslatib ötamiz, 2017 yil 6 oktabr kuni mazkur kollej hududida 3-kurs talabalari örtasida janjal çiqqan, Saidkamron Saidvaliyev özining ikki kollejdoşi — Asadbek Parpiboyev va Rahmatilla Yorqoriyevga piçoq bilan tan jarohati yetkazgan edi. Jabrlanuvçilarning biri — Asadbek Parpiboyev şifoxonaga olib borilganida köp qon yöqotişidan vafot etgan. Rahmatilla Yorqoriyev tan jarohati bilan şifoxonaga yotqizilgan edi.












