Vazirlar Mahkamasining 20.12.2017 yildagi 1004-son «Suv xöjaligi obektlari böylarida ihota va daraxtzorlar barpo etiş hamda hududlarni obodonlaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori e'lon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz. 
 
Eslatib ötamiz, hozirgi paytda mamlakatda suv xöjaligi obektlarini reabilitatsiya qiliş, boşqarişni yaxşilaş va ta'mirlaş böyiça 6 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oşirilmoqda.
 
Mazkur loyihalarni va kelgusida ehtimoliy boşqa loyihalarni amalga oşiriş doirasida Suğoriladigan yerlarning şamol eroziyasiga va suv xöjaligi obektlarini qum bosişiga qarşi kuraşiş, qurilgan va rekonstruksiya qilingan suv xöjaligi obektlari böyidagi hududlarni obodonlaştiriş amaliy çora-tadbirlari rejasi tasdiqlandi.
 
Rejani moliyalaştiriş respublika byudjyeti, investitsiya loyihalarini amalga oşirişda tejalgan xorijiy investitsiyalar, şuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşiriladi.
 
Qişloq va suv xöjaligi vazirligi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda Qişloq va suv xöjaligi vazirligi tomonidan amalga oşirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida tejalgan kreditlarni Rejada belgilangan maqsadlar uçun yönaltiriş yuzasidan xorijiy investorlar bilan muzokaralar ötkazadi.
 
Rejada közda tutilgan işlarning buyurtmaçilari etib Qişloq va suv xöjaligi vazirligining tegişli “Suv quriliş invest” DUK belgilandi. Yana quyidagilar aniqlandi va belgilandi:

• boş loyihaçi taşkilotlar — eng yaxşi takliflarni tanlaş asosida, tanlov savdolari ötkazmasdan;
• boş pudratçi taşkilotlar — qonunçilikda belgilangan tartibda ötkaziladigan tanlov savdolari natijalari böyiça.
 
Rejani bajariş işlariga köplab vazirliklar va xizmatlar jalb etiladi:

• Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Qişloq va suv xöjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, Davlat arxitektura va quriliş qömitasi bilan birgalikda — tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida yer uçastkalari ajratilişini ta'minlaydilar;