Xitoy hukumati motorlari yoqilği sarflaş davlat me'yorlari va ekologik talablarga javob bermaydigan 533 ta modeldagi yengil avtomobillarning işlab çiqarilişini taqiqlab qöydi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Uşbu maşinalarning işlab çiqarilişiga taqiqlov 2018 yil 1 yanvardan kuçga kiradi. Bu avtomobillar orasida BMW, Mercedes-Benz, Audi, Volkswagen va Chevrolet markalari modellari ham bor. Taxmin qilinişiça, kelgusida bu röyxat kengaytirilişi mumkin.
Avvalroq Xitoy hukumati yaqin orada mamlakatda içki yonuv dvigateliga ega avtomobillar işlab çiqarilişi va sotilişini töliq taqiqlaşi mumkinligi ma'lum qilingandi. Ayni vaqtda Xitoyning sanoat va axborotlaştiriş vazirligi boşqa tartibga soluvçi davlat muassasalari bilan birga benzin va dizelda işlovçi motorlarga ega maşinalarni işlab çiqariş va sotişga taqiqlov kiritilişi mumkin bölgan sanani muhokama qilmoqda.
Bu qadam Xitoy avtomobilsozlik sanoatiga “ulkan ta'sir” körsatib, uning “yaşil” avtomobillar işlab çiqarişga ötişga undaşi hamda atrof-muhit ifloslanişi darajasini kamaytirişi kerak.












