2017 yilda Ispaniyada yil sözi sifatida “aporofobiya” atamasi tanlandi. Bu söz noçorlik va noçorlar oldidagi qörquvni anglatadi. Bu sözni ispan tilining ommaviy axborot vositalarida qoidali qöllanişiga kömak beruvçi Fundéu jamğarmasi mutaxassislari tanlaşdi.
Yil sözi böliş uçun “finalçilar” qatoridan “turizmofobiya” (sayyohlarga salbiy munosabat), machoexplicación (“maço” va “tuşuntiriş” sözidan taşkil topgan, menspleyning sözining muqobili; mansplaining – erkakning ayol bilan iltifotli gaplaşişi), “yolğon xabarlar” (noticias falsas) sözlari ham örin olgan.
“Aporofobiya” atamasini ilk bor öz maqolalarida ispan faylasufi Adela Kortina 1990-yillarda qöllagan. Köpinça ksenofobiya va irqçilik ortida odamlarni milliy va irqiy alomatlarga köra yoqtirmaslik, muhojirlarga nafrat emas, balki boşqa bir holat – noçorlikni xuş körmaslik yotadi. Bu atama Ispaniya qirollik akademiyasining luğatiga kiritilgan.
Jamğarma 5 yildan beri yil sözini tanlab keladi. 2013 yilda yil sözi escrache sözi bölgan. Bu söz biror kişiga qarşi u bölgan joyda (uyda, işda) norozilik namoyişini ötkazişni anglatadi. 2014 yilda “selfi”, 2015 yilda “qoçqin”, 2016 yilda “populizm” sözlari yil sözlari sifatida e'tirof etilgandi.
Ispan tili 470 mln kişi uçun ona tili hisoblanadi. U bu borada xitoy tilidan keyin ikkinçi örinni egallaydi.












