Aktsiyadorlik-tijorat “Qişloq quriliş bank” aholiga va öz mijozlariga yanada qulaylik yaratiş maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanib kelmoqda. Xususan, bank tomonidan Android platformasi asosida işlaydigan mobil qurilmalar uçun joriy etilgan “QQB-mobile” mobil ilovasi tobora ommalaşib bormoqda.
Bugungi kunda uşbu zamonaviy dasturdan foydalanib mijozlar uyali aloqa operatorlari, şahar telefoni, internet provayderlar, raqamli televideniye xizmatlari, iste'mol va ipoteka kreditlari uçun tölovlarni hamda kommunal tölovlarni (elektr energiya, tabiiy gaz, issiqlik manbai, içimlik suvi, maxsustrans va h.k.) amalga oşirib kelmoqdalar. Şuningdek, mobil ilova orqali hisobraqamlar holatini köriş va töldiriş, Online Smart Vista plastik karta qoldiqlari va uning aylanmalari böyiça ma'lumotlarni oliş, yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi jarima tölovlarini amalga oşiriş mumkin.
Şu kunlarda mazkur dastur foydalanuvçilari yana bir imkoniyatga ega bölişdi. Endilikda MUNIS tölov tizimi orqali “QQB-mobile” ilovasi yordamida ATB “Qişloq quriliş bank” plastik kartasidan mablağlarni boşqa bank plastik kartasiga ötkazişlari mumkin böldi.

Bundan taşqari ilovadan foydalaniş yanada qulay bölişi uçun birmunça soddalaştirildi.

Dasturdan foydalaniş uçun PlayMarket ilovalaridan “QQB-mobile” ilovasi yuklab olinadi.
Yana bir yangilik - “Qişloq quriliş bank” bankomatlarida endilikda bir vaqtning özida ham naqd pul mablağlarini yeçiş, ham plastik kartoçkalar bilan amallar bajariş imkoniyati yölga qöyildi.











