«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu boşqa klubga ketişni xohlamoqda.

The Daily Record xabariga köra, futbolçi klub rahbariyatidan özini 100 million yevro evaziga qöyib yuborişni iltimos qilgan. Portugaliyalik futbolçining fikriga köra, uning transferi uçun bundan ortiq mablağni heç kim tölamaydi.

Ayni paytda, 32 yoşli futbolçining vakillari «PSJ» va «Mançester Yunayted» vakillari bilan aloqaga çiqqan. Aynan şu ikki klub Ronaldu uçun da'vogarlik qilmoqda.

Eslatib ötamiz, Ronalduning şartnomasida körsatilgan tovon puli 1 milliard yevroga teng. Kriştianuning fikriga köra, u heç qanday ma'noga ega emas.

Bundan avvalroq, Ronaldu klub rahbariyati Florentino Peresdan Messi va Neymar darajasida maoş tayinlaşni iltimos qilgan, biroq rad javobini olgan edi.