Zimbabvelik oila Bangkokning Suvarnabxumi aeroportida kuzdan beri yaşab kelmoqda. Ular Tailandga sayyohlik vizalari bilan kelişgan, sentabrda Bangkokdan Yevropaga uçib ketişmoqçi bölişgan, biroq buning uddasidan çiqişa olmagan. Zimbabveliklar aeroportdan taşqariga çiqa olişmaydi, çunki ularning Tailanddagi vizalari muddati tugab bölgan.
4 nafar katta yoşli zimbabvelik va 4 nafar bola Zimbabvega siyosiy sabablarga köra qaytişni istaşmayapti. Ular hukumat tomondan ta'qib qilinişlari mumkinligidan qörqişmoqda. Zimbabvening yangi prezidenti Emmerson Mnangagva mamlakatning qoçoqlikda yurgan fuqarolarini qaytişga çaqirgan, biroq hamma ham unga işonmayapti.
Tönğiç farzandi 11 yoşda bölgan oila Tailandni bir neça marta tark etişga uringan. Avval ular Ispaniyaga uçib ketişmoqçi bölişgan, biroq ulardan birortasida Şengen vizasi bölmagan. Söngra ular Dubayga uçib keta olişgan, biroq Dubayda ular yana Bangkokga qaytarilganlar.
Oila haqida aeroport xodimlari tufayli ma'lum böldi. Suvarnabxumi aeroportida joylaşgan Dior dökoni xodimi oila haqida feysbukda sözlab bergan. U gaplarining tasdiği sifatida Maşia ismli qizçaga sovğa berayotgani tasvirlangan suratni ilova qilgan. “Maşia, Milan, Iden va Tanakani Rojdestvo bilan tabriklayman. Umid qilamanki, siz yaqin orada uyga qayta olasiz”, deb yozgan dökon xodimi. Şundan keyin bu oila haqida yetakçi OAV yoza boşlagan.
Aeroportning immigratsiya byurosi vakilining ma'lum qilişiça, oila BMTning qoçqinlar işlari böyiça komissiyasiga siyosiy boşpana berilişini sörab murojaat qilgan, biroq hozirça bu masala böyiça javob yöq. Aeroport xodimining aytişiça, oilaning voqeasi unça fojiali emas, ularda köplab variantlar bor. Hozirça aeroport xodimlari oila haqida ğamxörlik qilmoqdalar.

















