BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş özining yangi yil tabrigida «qizil trevoga» haqida e'lon qildi. U insoniyat qarşisida turgan boş tahdidlarni sanab ötgan.

TASS xabariga köra, u birinçi navbatda dunyodagi tinçlikka yadroviy qurollar tahdid solib turganini qayd etgan. U ayni vaqtda bu tahdid sovuq uruş davridan keyingi eng yuqoriga çiqqanini e'tirof etgan.

«Iqlim tez özgarmoqda, notenglik ösmoqda. Biz inson huquqlari dahşatli darajada buzilişi holatlariga guvoh böldik, millatçilik va özgalarga toqatsizlik ösmoqda», — deya qöşimça qilgan Guttteriş.

Uning sözlariga köra, dunyo ortga qadam taşladi. U dunyodagi xavfsizlikni ta'minlaş uçun jahon davlatlari yetakçilari birlaşişi lozimligini qayd etdi.

Dekabr oyi örtalarida The National Interest jurnali Uçinçi jahon uruşi boşlanişi mumkin bölgan beşta mintaqani sanab ötgandi. Bu röyxat amerikalik professor, mudofaa va milliy xavfsizlik masalalari böyiça mutaxassis Robert Farli tomonidan tuzilgandi. Uning fikriça, hozirda eng xavfli hudud Koreya yarim orolidir. Keyingi örinlarda Tayvan, Ukraina, Turkiya va Fors körfazi nomlari sanalgan.