«Mançester Siti» jamoasi yetakçisi Kevin de Bryuyne Angliya çempionatining 21-turida «Kristal Pelas»ga qarşi keçgan va 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan uçraşuv vaqtida jarohat oldi.
Belgiyalik futbolçi öyinning ikkinçi bölimiga qöşib berilgan daqiqalar davom etayotgan vaqtda maydonni zambilda tark etdi. Bungaça «Mançester Siti» barça almaştirişlardan foydalanib bölgandi va şu tufayli qolgan vaqtda jamoa ön kişi bölib harakat qildi.
Qolgan vaqtda «Mançester Siti» darvozasiga penalti qöyildi, ammo jamoa darvozaboni Ederson zarbani bartaraf etib, jamoasini mağlubiyatdan qutqarib qoldi. Lekin bu öyinda ğalaba qozona olmagan Xosep Gvardiola şogirdlari 18 uçraşuv davom etgan ğalabali seriyasini töxtatdi.
Qayd etiş kerakki, bu durang «şaharliklar» jamoasi uçun qimmatga tuşdi, öyin boşida jamoaning asosiy hujumçisi Gabriel Jyezus jarohat olib maydonni tark etgan, u maydonni tark etiş vaqtida yiğlab yuborgandi. Köp ehtimol bilan u uzoq vaqtga safdan çiqdi.
Kevin de Bryuynening jarohati darajasi ham hozirça ma'lum emas.
















