Amerikaning Kolarodo ştati Duglas okrugi hududida otişma kelib çiqişi oqibatida bir kişi halok böldi va 6 kişi jarohatlandi. Bu haqda hudud şerifi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, halok bölgan - politsiyaçi, jarohatlanganlarning 4 nafari ham politsiyaçilardir. Bundan taşqari, otişma röy bergan hududda tinç aholi vakillari bölgan ikki kişi jarohatlangan.
Politsiyaning qöşimça qilişiça, hujum qilgan şaxs yöq qilingan.
Otişma tafsilotlari ma'lum emas. Politsiyaçilar otişma hududiga maişiy muammodan keyin röy bergan janjal tufayli çaqirilgandi.












