Angliya Premer-ligasining 21-turida «Mançester Siti» «Kristal Pelas»ga qarşi öynadi. Londondagi «Selherst Park» stadionida keçgan uçraşuvda hisob oçilmadi — 0:0.

Öyin yakunida «burgutlar» jamoasi Xosep Gvardiola jamoasiga mavsumdagi ilk mağlubiyatni taqdim etiş uçun qulay imkoniyatga ega bölişgandi. Öyinning 90-daqiqasida uçraşuv hakami Jonatan Moss «şaharliklar» darvozasi tomon penalti belgiladi, ammo Ederson Luka Milivoyeviçning 11 metrdan yöllagan zarbasini qaytardi.

Şu tariqa, bugun «Mançester Siti»ning Angliya çempionatida 18 tur davom etgan ğalabali seriyasi yakunlandi. Lekin jamoaning mağlubiyatsiz seriyasi davom etdi.

Endilikda APL turnir jadvalida «Mançester Siti» 59 oçko bilan turnir jadvalida peşqadamlikni davom etmoqda, ikkinçi örindagi «Çelsi» 14 oçkoga ortda qoldirilgan. «Kristal Pelas» 19 oçkosi bilan — 17-örinda.

Angliya çempionati
21-tur
Kristal Pelas – Mançester Siti 0:0 (0:0, 0:0)
Kristal Pelas – Xennessi, Tomkins, van Anxolt, Ridevald, Denn (Kelli, 20), Taunsend, Fosu-Mensa, Milivoyeviç, Kabay (Pançon, 75; Li Çun Yun, 90), Zaa, Benteke.
Mançester Siti – Ederson, Mangalya, Danilo, Uoker, Otamendi, Gyundöğan (Sterling, 57), Fernandino, Bernardu Silva (Ture, 81), de Bryuyne, Sane, Gabriel Jyezus (Aguero, 23).
Ogohlantirişlar: Denn (16), Sane (45), van Anxolt (48), Kabay (67), Aguero (79), Ture (90), Fernandino (90), Kelli (90), Pançon (90).