Özbekiston hukumati jismoniy şaxslar tomonidan 2018 yilda turar-joy va noturar joy binolarini ijaraga berilişda ijara tölovlarining bazaviy miqdorini saqlab qoldi.  

Ijara tölovlarining bazaviy miqdorlari Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454 sonli «Özbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari töğrisida»gi qarori bilan örnatilgan.

Şunday qilib, noturar joylarning 1 kvadrat metri uçun bir oylik minimal ijara stavkalari Toşkent şahrida — 9 ming söm, Nukus şahri va viloyatga böysunuvçi şaharlarda — 6 ming söm, boşqa aholi punktlarida — 3 ming söm qilib belgilangan.

Turar joylarning 1 kvadrat metri uçun bir oylik minimal ijara stavkalari Toşkent şahrida — 4,5 ming söm, Nukus şahri va viloyatga böysunuvçi şaharlarda — 3 ming söm, boşqa aholi punktlarida — 1,5 ming söm qilib belgilangan.