Angliya Premer-ligasining 22-turida «Everton» «Mançester Yunayted»ni qabul qildi. «Gudison Park» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlar jamoasining 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Ğoliblar safida gollarga Antoni Marsiyal va Jyessi Lingard mualliflik qilişdi.

Şu tariqa, mankunianliklar APLda 3 durangdan keyingi ilk ğalabani nişonlaşdi, «Everton» ğalabasiz seriyasini 4 öyinga yetkazdi (2 durang va 2 mağlubiyat).

Ayni vaqtda «Mançester Yunayted» oçkolari sonini 47taga yetkazgan va turnir jadvalida ikkinçi öringa qaytgan, «Everton» 27 oçko bilan — töqqizinçi örinda qolmoqda.

Angliya çempionati
22-tur
Everton – Mançester Yunayted 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 57 Marsiyal, 0:2 – 81 Lingard.
Everton – Pikford, Xolgeyt, Kin, Uilyams, Martina, Devis, Şnayderlin, Vlaşiç, Runi (Makkarti, 62), Bolazi (Lennon, 62), Nyasse (Kelvert-Lyuin, 81).
Mançester Yunayted –    De Xea, Lindelef, Jons, Roxo, Şou, Errera, Matiç, Pogba, Mata (Tuanzebe, 90), Marsiyal (Reşford, 77), Lingard (Blind, 87).
Ogohlantirişlar: Runi (43), Xolgeyt (83).