«Sud idoralari hali-hamon har qanday holatda adolat qaror topadigan maskanga aylangani yöq». (Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan)

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrdagi Parlamentga murojaatini televizor orqali körib-tinglab özimni dunyoga yangi kelgandek, yangi dunyoga kirib borayotgandek his qildim. Keçasi bilan uzuq-yuluq uxladim, ertalab ham şu dard vujudni tark etmayotgan edi. Yarim yil–bir yildan beri sudyalarning amalda mustaqil emasligi haqida birnima yozaman, deb oqimga qarşi suzişga jur'at etmay kelardim. Bu qusurni bartaraf etmay turib, sud-huquq islohotlari, huquqiy-demokratik jamiyat quriş quruq gapligiça qolaveradi, fikrimça. Murojaat uşbu qusurni qoğozga tuşirişga jur'at bağişladi.

Bundan yetti-sakkiz yil muqaddam qalamkaş hamkasblardan biri hol-ahvol söraşib, «advokatlik qilayotganingizga ikki yil bölibdi, neçta işni yutdingiz», deb savol berdi.

Men javob berdimki, advokatning sud muzokarasida qonunlarni rökaç qilib himoya nutqi sözlab işni yutib ketişi hind kinolarida böladi, bizning sudlarda Amerikadan dunyodagi eng zör advokatlar kelib, bir soatdan muzokara nutqi sözlasin, uç sudya ularni jimgina tinglab ötirişadi-da, söngra 15–20 daqiqa maslahat uyiga çiqib kelib, ertalab yoki keçqurun sud raisi aytgan hukmni öqiyverişadi, advokat nima deganining ahamiyati yöq!

Suhbatdoşim, umrida sudga işi tuşmagan şekilli, «nahotki?» degandek hayron boqib turardi.

Ming afsuski, nahotki emas, bu — ayni haqiqat. Sud majlisi — spektakl. Sud raisi kimlar bilandir bamaslahat hukm, qaror qabul qilib bölganidan keyin sud majlisi zalida ijro etiladigan spektakl!

Bu spektakl jarayonida şöring qurğur vijdonli va bilimdon advokatning 20–30 minutlab «sözlagan» nutqi, zör kelsa, maslahat uyiga kirişdan oldin tanaffusni ön-ön beş daqiqa örniga ikki-uç kunga, ba'zan «noma'lum vaqt»ga ham çözişga qurbi yetadi, xolos. Baribir, «yuqoridagi» avvalgi qaror, hukm e'lon qilinaveradi. Çunki, qaror qabul qilgan kabinetdagilar sud majlisida sudlanuvçining aybsizligi haqidagi ohu-zorini, guvohlarning körgazma-dalillarini, himoyaçining jonini fido qilib qonunlarni, Oliy sud Plenumining uşbu işni tartibga soladigan, yöl-yöriq körsatadigan qarorlarini kuyinçaklik bilan ta'kidlab sözlagan muzokara nutqini eşitgani yöq va tabiiyki unda sud majlisida bularni tinglagan sudya hamda prokurorda röy bergani kabi açiniş, rahm qiliş yoki «erta-indin yuqori instansiyada iş buzilsa menga minus böladi-ku?!» degan xavotir röy bermaydi. Natijada, «men aytganni qilaver», degan «komanda» sud zalida hukm, qaror tusida öqilaveradi, öqilaveradi...

Va undan-da ayançlisi, qörqinçilisi — hamon öqilayapti. Prezidentimiz jonini fido qilib sud-huquq islohotlari töğrisida bir yilda uçta Farmon qabul qilgandan keyin ham, Özbekistonda sud-huquq islohotlari olib borilayotgani haqida Amerikada BMT Boş Assambleyasi sessiyasida gapirayotganida ham bunday hukm va qarorlar tap tortmay öqilayapti. Ayrim sudlar va sudyalarning pinak buzmayotgani — afsuslanarli, ayançli va qörqinçli ham.

Nega ular, undaylar pinak buzmayapti? — degan savol tuğiladi. Javobi oddiy: korrupsiya! Bekorga Prezidentimizning dastlabki sa'y-harakatlaridan biri «Korrupsiyaga qarşi kuraş töğrisida»gi Qonunni qabul qilişga qaratilmadi.

Yana asosiy mavzuga — hukm va qaror sud majlisi zalidan taşqarida qabul qilinişiga qaytsak.

Bu — bir neça ön yillardan beri şakllanib, «toş qotib» ulgurgan mustahkam inşoot, qalinligi bir metrdan ortiq beton devor. Demoqçimanki, buni buziş, ağdariş tez va osonlikça bölmaydi. Lekin, bu buzilmasa huquqiy-demokratik jamiyat quriş, jamiyatda Adolat va Qonun ustuvorligini ta'minlaş haqidagi gaplar ekrandan, sahifalardan yerga tuşmay qolib ketaveradi, sa'y-harakatlar kökka uçaveradi. Zero, hozirgi sa'y-harakatlarning şiddati, ayniqsa Prezidentimizning Parlamentga Murojaatining töfoni zoraki bu beton devorlarni darz ketkizsa degan umid, işonç qalbda yoruğlik uyğotadi....

Sud majlisi zaliga kirgan prokuror, aksariyat hollarda, jinoyat işini, fuqarolik işini varaqlab ham körmagan böladi. Prokuror mayli, hatto sudya ham iş bilan tanişmay sud majlisi zaliga kirişi mumkinligiga birov işonar, birov işonmas. Men körganlarimni aytayapman. Ön yillar muqaddam, fuqarolik işlari böyiça Toşkent şahar sudida sud majlisiga kirgan Apellyatsiya sudlov hay'atida dokladçi ham, raislik etuvçi ham işda prokuror protesti mavjudligini bilişmaydi. Protest haqida advokatdan eşitib, bir tomlikkina iş varağini titkilay boşlaşdi. Topolmay, advokatdan protest nusxasini olib körgandan keyin, yana axtarib iş materiallari orasida bor protestni... kördilar!

Yana öşa gap: keça sud raisidan bu hal qiluv qarorini özgarişsiz qoldiriş haqida «maslahat» olgandan keyin, işni varaqlaşning nima ahamiyati bor.

Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasida şunday yozib qöyilgan: «Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga böysunadilar».

Muqaddas Konstitutsiyaning bu bandini oyoqosti qiliş Konstitutsiyamiz bunyodga kelişidan oldin boşlangan. Ayniqsa bu toptaşlar Mustaqillik yillarida avj olgani sohaga aloqador kişilarga sir emas. Hatto, odatdagi «tartib-tamoyil» darajasiga yetdiki, bundan ön yil avval «Hurriyat» gazetasida çop etilgan advokat Ğiyos Namozovning kiçkina maqolasi şu haqda edi: «Toşkent şahar sudiga borib rais qabuliga kirmoqçi edim, kotiba qiz «bugun kirolmasangiz kerak, juda bandlar, ertaga apellyatsiya kuni, sudyalar birma-bir kirib iş haqida axborot berişayapti», dedi.

Keyinroq, ertaga apellyatsiya kuni iş bilan tanişiş uçun fuqarolik işlari böyiça Toşkent şahar sudiga bordim. Tuşdan keyin edi. Apellyatsiya sudlov işlari böyiça kotib yigit huşyor ekan, «aka, birpas ötirib turing, «delo» raisning xonasida edi, u yerda majlis bölayapti», dedi.

Xuşmuomalalik uçun rahmat. Lekin, «delo» raisning xonasida «saqlanib» nima qiladi, boşqa joy quriganmi?»

Demak, iş ham, bu işni ertaga sud majlisida köradigan dokladçi sudya ham bugun keçga yaqin raisning xonasida, ertaga Apellyatsiya. Spektakl!

Bu qarorlarning aksariyati sud raisi bilan prokurorning hamfikrligida bunyodga keladi desam, Amerika oçmagan bölaman. Buning isboti tariqasida, sud majlisi iştirokçisi bölgan prokuror yordamçisi sud muzokarasida advokatga öxşab jon kuydirib uzoq sözlamaydi, bir-ikki daqiqada pastgina ovozda «töğri malakalangan, bu modda bilan bunça, bunisi bilan bunça, jami bunça» deb jazo muddatini aytadi xolos. Asoslaş yöq. Va, sudning hukmi prokuror «sörovi»dan judayam olislab ketmaydi... Maslahatli töy tarqamas, deganlaridek...

Yaqin keçagi tarixdan bugungi, şiddatli sud-huquq islohotlari davriga qaytsak. Bu islohotlar mazmun-mohiyati, nazariyasini olimlarga qöyib berib, amaliyotçi sifatida yana sudga qaytaylik.

Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida 2016 yil 22 dekabrda Apellyatsiya sudlov hay'ati sud majlisi bölayapti. Oddiy fuqarolik munosabati — tilla buyumlar oldi-berdisi, ya'ni fuqarolik işlari böyiça sudda köriladigan iş. Ikkinçi tomonning «baquvvatligi» uçundir, jinoyat işi qözğatilgan va «jinoyatçi» yigit tuman sudida sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etilib, sud zalida qamoqqa olingan. Sud muzokarasida sudlanuvçining ikki himoyaçisidan biri bu iş aslida fuqarolik işiga mansubligini, sudlanuvçidan pul undiriş uçun jinoyat işi qözğatişdan avval Içki işlar organi xodimlari yollanib noqonuniy xarakatlar ham sodir etilganini, Oliy sud Plenumi qarori bandlari ham bu jinoyat emasligini tasdiqlaşi haqida jon kuydirib gapirib, bugun jamiyatda Adolat va Qonun ustuvorligini ta'minlaş böyiça Prezident rahbarligida jiddiy sa'y-harakatlar boşlangani, buni hatto AQŞ Prezidenti Barak Obama ta'kidlab, Şavkat Mirziyoyevga yöllagan tabrigida «Siz Prezident vazifasini bajaruvçi lavozimida işlagan davringizda ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohasida olib borgan işlaringiz e'tiborga loyiqdir», deb ta'kidlagani haqida sözlayotgan edi, dokladçi sudya «Hurmatli advokat, siz işga aloqasi bölmagan narsa haqida gapirayotganingiz uçun sözingizni bölişga majburman», deb luqma taşladi.

Qonunda, himoyaçining muzokara sözini töxtatiş, e'tiroz bildiriş mumkin emas.

Men, himoyaçi, «uzr, hurmatli sudya, bir insonni noqonuniy qafasga tiqib qöyilganda Qonun ustuvorligi, Prezidentning bu sohadagi işlari haqida gapiriş bu işga taalluqli emasmi», dedim-u, yakunladim.

Xulosaki, qonuniylik, adolat haqidagi gaplar bugun ham sohadagi eski gvardiyadagi köplarga yoqmayapti-yu, ayrimlar buni içiga yutolmay yuqoridagi vaziyatlarga öxşab oşkor ham qilib qöyişmoqda...

Yana eng yangi misol. 2017 yil 14 dekabr kuni Jinoyat işlari böyiça Navoiy viloyat sudida Apellyatsiya sudlov hay'ati majlisi. Iş Buxoroniki, kvorum yöqligi uçun buyoqqa yuborilgan. Ota, öğil, qiz bir yarim yildan beri oilaviy qamoqda. 11ta ayblov. Deyarli barçasi asossiz.

Otasiga taqalgan aslida yöq 11ta ayblovni otasining tabiblik faoliyatiga aloqasi yöq öğil va qizga ham yopiştirib 7, 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Buyoqda yoş-yoş gödaklar «ayamni soğindim, otamni soğindim» deb çirqirab ötiribdi.

Sudlanuvçining özining aybsizligi, davlatga, halqqa, birovga yomonlik qilmagani haqidagi neçançi bor suddagi çarçoqli yolvorişidan söng himoyaçi unga 11ta ayblov böyiça savol berib, bular barçasi isbot-dalilsiz ekani ma'lum bölgaç, prokuror sud majlisiga raislik etuvçiga muzokaraga tayyor emasligini bildirdi. Sud majlisi boşlanib, davom etayotganida!

Yarim soat tanaffus e'lon qilindi. Prokuror koridorda telefonda gaplaşdi, dokladçi sudya yuqori qavatlarga çiqib tuşdi. Söngra... hukm özgarişsiz qoldirildi...

Ayançli va qörqinçilisi — quyi instansiyalarda heç kim bu iş yuqori instansiyalarda bekor bölişi mumkinligidan... hayiqmayapti!

Yana «mavzu»ga qaytamiz: sudya qaçon mustaqil böladi, qaçon uning özi hukm va qaror qabul qiladi?

Bundan, sudlardagi yuz foiz işlar şu tariqa hal qilinar ekan, advokatlarning roli yuz foiz nol ekan, degan xulosa kelib çiqmasligi kerak. Sudyaning özi hal qiladigan, advokatning bilimi, tajribasi, nutqi, işning pirovard natijasiga ta'sir körsatadigan işlar ham bor, talaygina.

Ayni paytda, mavzu — sudyalar mustaqilligi. Qanday qilib, qaysi yöl bilan? Bu — takliftalab savol. Özim esa, hozirça, balki sud raislari lavozimini bekor qilib, jinoyat, fuqarolik işlarining sudyalarga taqsimotini sudya iş yuzasidan böysunmaydigan lavozimli şaxsga topşiriş kerakdir, degan taklifdan nariga ötolmayapman.

Talabgorlar, sudyaning mustaqil, amalda haqiqiy mustaqil bölişidan manfaatdorlar birgalaşib taklif kiritişsa, ma'qul bölarmidi.

Bugun sohada yoruğlik körina boşladi, islohotlar mutlaqo izsiz emas.

Keyingi davrda ön yilça muddat Oliy sudga raislik qilgan tajribali mutaxassis, hurmatli inson akamiz negadir biron marta na fuqaroni, na advokatni şaxsan qabul qilganini eşitganimiz yöq edi. Holbuki, har oyda bir marta rais qabuli yirik harflar bilan yozib qöyilgan. Balki, sudlardagi bugun mavjud ayrim muammolarning ildiz otişiga şu holat ham sabab bölgandir. Keyingi rais şaxsan qabulni bopladi, har qabulda yuz ellik-ikki yuz şikoyatçi yarim keçadan kelib navbatga yozila boşladi. Azob edi.

Bugun esa, rais qabuliga ham, örinbosarlar qabuliga ham kiriş, ta'bir joiz bölsa, «jonning rohati»ga aylangan: har kuni törtta darça işlab turibdi, ikki-uç daqiqada hujjat topşirasiz, ön-ön beş daqiqada qabulga kirasiz.

«Bölar ekan-ku!» — deysiz beixtiyor.

Yana, «toşturma» deb atalmiş tergov hibsxonasidagi taşkiliy işlar, tartib-intizom e'tiborga loyiq. Ikki-uç yil oldin, jazirama issiqda, qahraton sovuqda içkaridagi xonalar böşaşini kutib köçada navbatda tursangiz, bugun bir zumda iş bitmoqda. Yangi manzilga köçgaç, şaroit yanada yaxşilanişi aniq.

Musulmonçilik asta-sekin degandek, yoruğliklar bor. Körinarli joylarda. Körinmaydigan joylarga ham kirib borişiga işonging keladi. Bugungi şiddatda albatta kiradi yoruğlik . Qoronğiliklar çekinadi, umid qilamiz.

 

Habibulla Olimjonov,

jurnalist, advokat.