«Mançester Siti» Angliya Premer ligasining 22-turi doirasida «Uotford»ni qabul qildi. «Etihad» stadionida keçgan bellaşuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Ğolib jamoa safida Rahim Sterling va Serxio Aguero töp kiritdi, «Uotford» himoyaçisi Kristian Kabazel esa avtogol muallifiga aylandi. Mehmonlar safida Andre Grey öz nomini tabloga yozdirib qöydi. Şu tariqa, «Mançester Siti» APLning joriy mavsumida mağlubiyatsiz seriyasini davom ettirdi va endilikda 22 uçraşuvda 20 ğalabaga ega.
«Mançester Siti» (62 oçko) Angliya Premera ligasi turnir jadvalida yetakçilik qilmoqda va ikkinçi örinda borayotgan «Mançester Yunayted»ni 15 oçkoga ortda qoldirmoqda. «Uotford» (25) öninçi poğonada.
Bu turda «Suonsi Siti» «Tottenhem Hotspur»ni qabul qildi. «Liberti» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlar jamoasining 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Ğoliblar safida gollarga Fernando Lorente va Dele Alli mualliflik qilişdi. Uçraşuvda hisobni ispaniyalik hujumçi oçgandi, bu uning «Tottenhem» safidagi birinçi goliga aylandi. E'tiborli jihati u aynan «Suonsi»dan 2017 yil yozida Londonga kelgandi.
Tur doirasidagi boşqa uçraşuvlarda«Sauthempton» «Kristal Pelas»ga yutqazdi (1:2), «Vest Hem Yunayted» oxirgi daqiqalarda urilgan gol evaziga «Vest Bromviç Albion»ni yengdi (2:1).
Angliya çempionati
22-tur
Mançester Siti – Uotford 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 1 Sterling, 2:0 – 13, Kabasele avtogol, 3:0 – 63 Aguero, 3:1 – 82 Grey.
Mançester Siti – Ederson, Uoker, Stounz (Danilo, 67), Otamendi, Delf, de Bryuyne (Bernardu Silva, 79), Fernandino (Ture, 71), Silva, Sterling, Aguero, Sane.
Uotford – Gomes, Yanmat, Vage, Kabasele, Zegelar, Uotson (Pereyra, 61), Kapu(Kleverli, 61), Rişarlison (Sinkleyr, 82), Dukure, Karrilo, Grey.
Ogohlantirişlar: Silva (24), Pereyra (83).
Suonsi – Tottenhem 0:2 (0:1, 0:1)













