Hokimiyat tepasiga “qon orqali” kelgan amaldorlar öz harakatlari uçun javob berişlari kerak, deya ma'lum qildi Ukraina Radasi deputati Nadejda Savçenko NewsOne telekanali efirida.
"Köramiz, Ukrainaning yöli qanday rivojlanib boradi. Agarda inqilob revanş olsa, u holda, hokimiyat tepasiga qon bilan kelganlar, öz qoni bilan narx tölaydi. Umid qilamanki, aynan şunday böladi, sababi bu adolatli", - deya aytib ötdi Savçenko.
Deputatning sözlariga köra, hokimiyat tepasida bölganlarning barçasi öz xatti-harakatlari uçun javob berişi kerak, aks holda ularning örniga keladigan amaldorlar jinoyatga jazo yöq, deb hisoblaşlari mumkin.
Ukrainada 2014 yilning fevralida davlat töntarişi sodir böldi. Oliy rada prezident Viktor Yanukoviçni hokimiyatdan çetlatdi, u esa, öz navbatida, mamlakatdan qoçib ketdi. Yanukoviç va boşqa sobiq amaldorlarga nisbatan jinoyat işlari qözğatildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsak Rossiya bilan çegarada biometrik nazorat tizimini joriy qiliş Ukraina milliy xavfsizligini mustahkamlaşga yordam berişi va rus maxsus xizmatlari xodimlarining işini qiyinlaştirişi haqida ma'lum qilgandi.












