Singapurdagi Nanyan texnologiya universiteti mutaxassislari 30 foizgaça vaznni yöqotişga imkon beruvçi usulni işlab çiqişdi. Uning asosida - oziş preparatini özida jamlagan juda ingiçka mikroignalar bilan jihozlangan plastirdan foydalaniş yotadi. Small Methods şu haqida xabar berdi. 

Modda energiya tejovçi oq yoğni energiyani parçalovçi jigarrang yoğga aylantiradi. Ta'kidlaş joizki, inson organizmida kamida yoğ töqimalarining ikki turi mavjud - oq va jigarrang yoğ. Birinçisi resurslarni töplaydi, ikkinçi esa - sarf qiladi. 

Jigarrang yoğ kaloriyalar parçalanişiga olib keladi, oqi esa ortiqça vaznni keltirib çiqaradi. Aynan ortiqça oq yoğ töqimalari köplab kasalliklar asosi hisoblanadi. 

Siçqonlar iştirokida ötkazilgan tajribalarning körsatişiça, kemiruvçilarga yopiştirilgan plastir beşinçi kuniyoq zararli yoğni foydalisiga aylantira boşlaydi. Jonivorlarda nafaqat ortiqça vazn yöqola boşlagani kuzatilgan, balki qondagi xolesterin miqdori ham pasaygan. 

Professor Pen Çenning sözlariga köra, olimlarning maqsadi - innovatsion plastirni iste'molçilarga unça qimmat bölmagan narxda va qulay körinişda, ya'ni "foydalanişga oson bölgan şaklda" taqdim etiş.