Suriyada oxirgi 3 kun içida 3 brigada generali halok böldi. Bu haqda qurolli ixtiloflarni tahlil qiluvçi WarJournal ma'lum qilgan.
Ma'lum qilinişiça, 2 yanvarda Suriyaning quruqlikdagi qöşinlarining brigada generali Habib Mahrez Yunus Xarastdagi janglar vaqtida halok bölgan.
Avvalroq şu hududdagi töqnaşuvlar vaqtida general Ali Diopa halok bölgan. U Suriya respublika gvardiyasining 138-tank bataloni qömondoni bölgan.
31 dekabrda Xarastdagi harbiy baza uçun jangda yana bir general Muhammad Janod halok bölgan.
2017 yil oktabrda Suriya hukumat kuçlarining eng taniqli generallaridan biri, Daur-az-Zor mudofaasi uçun javob bergan Isom Zahriddin halok bölgani ma'lum qilingan. U Xuvayjot-as-Sakrda minada portlab ketgan.












