AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'lum qildiki, bir neça kundan buyon ommaviy namoyişlar ötkazayotgan Eron xalqi nihoyat «beşafqat va buzuqi» hokimiyatga qarşi turmoqda.
«Eron xalqi va nihoyat şafqatsiz va buzilgan rejimga qarşi çoralar körmoqda», deya yozdi Oq uy rahbari tvitterdagi sahifasida.
U şuningdek, «Prezident Barak Obama ma'muriyati davrida Eronga berilgan barça pullar terrorizmni qöllaş uçun sarflangani»ni qayd etib ötgan.
«Odamlarda ovqat yöq, katta inflyatsiya yuzaga kelgan, odamlarning huquqlari toptalgan. AQŞ barçasini kuzatib bormoqda!», deya yozgan prezident.
Eronda hukumatga qarşi namoyişlar 28 dekabr kuni mamlakatdagi eng yirik şaharlardan biri Maşhadda boşlangandi. 200 nafar kişidan iborat aksiya iştirokçilari tuxum narxlari keskin kötarilişidan norozilik bildirişgandi. Politsiya aksiya iştirokçilarining 52 nafarini hibsga olgaç, 29 dekabr kuni mamlakatning boşqa yirik şaharlarida ham namoyişlar tölqini kötarildi.
Ötgan vaqt davomida politsiya bilan bölib ötgan töqnaşuvlar davomida kamida 20 kişi halok böldi, hukumat 450 nafardan ortiq namoyişçini qölga oldi. Hukumat qölga olinganlarni qattiq jazo kutayotganini ma'lum qildi.
Duşanba kuni Islom inqilobi soqçilari korpusi rasmiy vakili ma'lum qildiki, politsiya va xavfsizlik kuçlari köp joylarda vaziyatni qölga olgan.
Milliy xavfsizlik böyiça oliy kengaş kotibi Ali Şamxoniy mamlakatdagi norozilik aksiyalari Tehron bilan qator davlatlar olib borayotgan «bevosita uruş» doirasida bölib ötayotgani haqida ma'lum qildi. U Erondagi norozilik namoyişlari ortida AQŞ, Buyuk Britaniya va Saudiya Arabistoni turganini ta'kidlab ötdi.













