Apple korporatsiyasi eski iPhone modellarining batareyalarini almaştiriş narxini tuşiriş natijasida 10 milliard dollar yöqotadi. Business Insider naşri Barclays banki tahlilçilari bergan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi. 

Ekspertlarning sözlariga köra, yangi iPhone xaridlarining asosiy sababi akkumulyatorlarning eskirganida. Endi, kompaniya batareyalarni almaştiriş narxini pasaytirayotgan va gadjyet samaradorligini oşirişni taklif qilayotgan bir paytda yangi iPhone'lar sotuvlari 2018 yilda 16 milliontaga kamayişi mumkin. 

Ta'kidlaş joizki, Apple'ning eski smartfon modellari faoliyatini sekinlaştirişi iste'molçilar noroziligini keltirib çiqargandi. Natijada korporatsiya batareyalarni almaştiriş narxini 79 dollardan 29 dollarga pasaytirişga qaror qilgan. Şuningdek kompaniya eski iPhone modellari işlaşini maqsadli sekinlaştirgani uçun uzr söragan.