AQŞning sobiq prezidenti Bill Klinton va uning rafiqasi Hillari Klintonning Çappakva şahridagi (Nyu York ştati) uyida yonğin çiqdi. Bu haqda CBS telekanali xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, yonğin asosiy binoda emas, balki maxfiy xizmat joylaşgan kiçikroq uyda sodir bölgan. Öt öçiruvçilar yonğinni töliq öçirişgan.
Politsiya vakili Artur Mendozaning aytişiça, yonğin mahalliy vaqt bilan soat 15.15larda öçirilgan.
Ma'lum qilinişiça, yonğin vaqtida uyda Klintonlar oilasidan heç kim bölmagan.
Bill va Hillari Klinton bu uyda deyarli 20 yildan beri yaşab keladilar. Ular bu uyni 1999 yilda 1,7 mln dollarga sotib olişgan. 2016 yil avgustida esa ular 1,6 mln dollarga qöşni uyni ham xarid qilişgan.












