Xalq tilida soddagina qilib - poraxörlik, keng ma'noda korrupsiya, deb ataluvçi hodisa barça islohotlar ildiziga bolta urarkan, uşbu maqolada uni keltirib çiqaruvçi sabab va qarşi kuraş çoralarini tahlil etamiz.

Korrupsiya nima özi?

Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rasmiy saytida yozilişiça, «Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yösinda, ğayriqonuniy şaxsiy naf köriş maqsadida, öz xizmat mavqeidan foydalanişida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir»​. Aslida korrupsiya biror mansabdor şaxsning qonunçilik va axloqqa zid ravişda özining boşqaruv vakolatlari va huquqlaridan şaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olişidir. Atama, eng avvalo, siyosiy apparat xodimlariga nisbatan foydalanişi odatiy tusga kirgan.

Iqtisodçi Berdhenning fikriga köra, makroiqtisodiy rivojlaniş körsatkiçiga eng katta salbiy tölqinni olib kiruvçi omil aynan korrupsiya hisoblanadi. Uning körinişlari turliça bölişi mumkin: poraxörlik, tovlamaçilik, firibgarlik, nepotizm va h.k.

Korrupsiyaning kelib çiqiş ildizi qayerda?

Uning kelib çiqiş sabablarini aniqlaş, korrupsiyaga qarşi kuraşning samarali yöllarini topiş böyiça mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro taşkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar ötkazilgan. Öziga xos reytinglar tuzilib, har xil körsatkiç va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil körinişidagi formulalari ham işlab çiqilgan. Hanuzgaça, barça millatlar uçun qöl keladigan qarşi kuraşda asqotadigan yagona yeçim yöq. Gap şundaki, korrupsiyaning asl ildizi uning paydo böliş geografiyasi bilan özgaradi. Xöş, Özbekistonda qanday omillar uning kurtak otib, «gullab-yaşnaşi»​ga şaroit yaratmoqda?

Avvalo, Adliya vazirligi rasmiy saytida keltirilgan izohni qaytadan körib çiqiş tavsiya etiladi: «Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yösinda, ğayriqonuniy şaxsiy naf köriş maqsadida, öz xizmat mavqeidan foydalanişida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir»​.

Bu yerda kalit sözi «davlat organlari xodimlari»​ sanaladi. Ya'ni, uşbu jumlaning özi korrupsiya darajasi yuqori ekanida davlat xizmatçilarining roli muhim ekanligini körsatadi. Davlat organlarida xizmat qilayotganlarni bunday qabih işga qöl urişga nima undamoqda?

Javob yana izohning özida yastanib turibdi: «moddiy yoki mulkiy yösinda, ğayriqonuniy şaxsiy naf köriş maqsadida»​! Tabiiyki, korrupsiya ortida mömay daromad topiş ilinji turibdi, biroq har bir quyi bosqiçda uning hakalak otişiga davlat xizmatçilarining oylik maoşi pastligi sabab bölmoqda.