Nyu-Yorkdagi 4 yanvarga ötar keçasi (Toşkent vaqti bilan 4 yanvar ertalab) boşlanişi kutilayotgan qor sababli maktablar bir kunga yopiladi. Bunday qarorni şahar meri Bill De Blazio qabul qilgan.

Avvalroq AQŞ milliy meteorologik xizmati yaqin kunlarda AQŞning Atlantika sohilböyida qor yoğişi, qor böronlari va juda past haroratlar kutilayotganini ma'lum qilgandi. 

“Qor böroni keçasi boşlanib, ertalabga yaqin, ayni tiğiz vaqt kuçli qor yoğişini kutmoqdamiz. 15 santimetrgaça qor yoğişini taxmin qilmoqdamiz, biroq qor qatlami 30 santimetrgaça ham yetişi mumkin”, deb ma'lum qilgan şahar meri.

Qor böroni arafasida şaharning barça kommunal xizmatlari 12 soatlik smenali iş tartibiga ötgan. Köçalarga muzlaşga qarşi kimyoviy modda qöllovçi 700 maşina va qor tozalovçi 15 mingta vosita çiqariladi.

Dekabr oxiridan AQŞ şimoli-şarqida 8-10 gradus sovuq harorat örnatilgan. Mahalliy dengiz iqlimi sababli bu harorat qiyin ötkaziladi. Şahar rahbariyati aholiga iloji boriça köçaga çiqmaslikni tavsiya qilgan. Havo harorati yaqin kunlarda 20 gradus sovuqqaça pasayişi kutilmoqda.