
Ötgan 2017 yil Özbekiston jurnalistikasi uçun kötariliş davri böldi. «KUN.UZ» ham şunga monand ravişda katta özgarişlarga erişdi - faoliyat kölami kengaydi, auditoriya ösdi.
Sayt şu yildan boşlab poytaxtdan viloyatlarga çiqa boşladi va rahbar amaldorlar, xususan vazirlar va hokimlar bilan suhbatlar uyuştirişni yölga qöydi, aholi murojaatlari asosida muammolar örganildi hamda mutasaddilar bilan bu muammolarga yeçimlar izlandi. Ötgan bir yil davomida sayt tahririyatining ijodiy guruhi Andijon, Farğona, Namangan, Buxoro, Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlarida böldi hamda viloyatlar hokimlari bilan suhbatlar uyuştirdi. Şuningdek, muxbirlar Toşkent viloyati tumanlarida, Samarqand, Navoiy, Sirdaryo, Xorazm va Qoraqalpoğistonda bölib, mahalliy aholi muammolarini kötarib çiqdi.
Şuningdek, bu yilda saytda yordamga köplab muhtoj kişilar uçun xayriya aksiyalari ötkaziş yölga qöyildi. Natijada, önlab bemorlar va muhtojlar saxiy öquvçilarimizning moddiy va ma'naviy yordamida şifo topib, oyoqqa turişdi.
Google Analytics ma'lumotlariga köra, saytning 2017 yildagi körsatkiçlari quyida keltiriladi.



Unga köra, ötgan yilda saytga unikal taşriflar ikki barobar ösgan, 2016 yildagi 5 965 425 nafardan 2017 yildagi 11 085 626 nafarga. Saytga taşriflar sonidagi ösiş ham ikki barobarni taşkil qilgan - 66 166 837 martadan 111 984 675 martaga. Körilgan sahifalar soni 2016 yilda 254 597 419tani taşkil etgan bölsa, 2017 yilda bu körsatkiç














