Muborak tumanidagi “Murodboy-Suhrobboy” MÇJda soliq qonunçiligiga rioya qilinişi va byudjyet bilan hisob-kitoblarning amalga oşirilişi yuzasidan ötkazilgan tekşiriş materiallari örganilganda, bir qança qinğirliklarning guvohi bölindi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Aniqlanişiça, MÇJ mansabdorlari 2011-2015 yillar davomida davlat byudjyeti va byudjyetdan taşqari maqsadli jamğarmalarga tölanişi lozim bölgan jami 158 mln 815 ming sömlik soliq va boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan qasddan böyin tovlab kelişgan ekan.
Ustiga-ustak, MÇJ tomonidan 2011-2013 yillar davomida 128 mln 804 ming sömlik pişiq ğişt işlab çiqarilgan bölsa-da, mutasaddilar bu borada tegişli litsenziya olişni “unutişgan”ligi ma'lum böldi.
Qinğirlik göyoki yoğ singari suvning ustiga qalqib çiqib turadi. Bu kimsalarning qilmişlarini hujjatlar röy-rost foş etib turardi.
Özbekistonda işbilarmonlarning manfaatlari har tomonlama himoya qilinayotgan, ularga bir qator imkoniyatlar va imtiyozlar yaratilayotgan bir şaroitda bu şaxslar bunga javoban ulardan foydalanib, öz bizneslarini rivojlantiriş, yurt taraqqiyotiga ham hissa qöşiş örniga jinoyatga qöl urganliklari, afsuslanarli holatdir. Sud hukmiga asosan MÇJ mutasaddilariga tegişli jazo tayinlandi.











