IŞID jangarilari 3 yanvar kuni Suriya şarqidagi Dayr-az-Zorda «Hizbulloh» guruhini qamal qilgan.
Al Masdar News agentligi tarqatgan xabarga köra, uşbu hujum oqibatida «Hizbulloh» jangçilari halok bölgan. Keyinroq «Hizbulloh» Suriya armiyasi va Eronning Islom inqilobi soqçilari korpusi bölinmalari bilan ittifoqçilikda qarşi hujumga ötgan.
Bundan taşqari, 3 yanvar kuni «Hay'at Tahrir aş-Şom» guruhi jangarilari («Jibhat an-Nusra» asosida tuzilgan) Idlib viloyatida reyd ötkazib, IŞID jangarilarini öldirgan va qurol-yaroqlarini özlaştirgan.
2017 yil davomida IŞID taşkiloti oğir yöqotişlarga uçradi. Endilikda uşbu taşkilot davlat sifatida mavjud emas va harbiy harakatlar olib bora olmaydi. Endilikda taşkilotning qolgan-qutgan jangarilari bir vaqtning özida Suriya armiyasi va boşqa turli guruhlardan himoyalanişga majbur bölmoqda.













