Prezident «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi Qarorni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
«Mazkur hujjat soğlom va xaqqoniy sportni tarğibot qiliş hamda Butunjahon antidoping agentligining kodeks va standartlarini Özbekistonda samarali amalga oşiriş, Özbekiston Respublikasi sportçilarining 2020 yil Tokio şahrida (Yaponiya) bölib ötadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya öyinlariga tayyorgarligiga barça şart-şaroitlarni yaratişga qaratilgandir.
Şu örinda, Sportda dopingga qarşi kuraş böyiça xalqaro konvensiyani barça a'zo davlatlar katorida Özbekiston Respublikasi 2010 yilda ratifikatsiya etganini alohida ta'kidlaş joiz», deyilgan xabarda.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi zimmasiga Butunjahon antidoping agentligining antidoping boşqaruvi va menejmenti (ADAMS) maxsus dasturini respublikamizda joriy etiş va qöllaş mas'uliyati yuklatilgan. Mazkur dastur orqali agentlik faoliyatini samarali taşkil etiş va butunjahon tezkor ma'lumotlar bazasi axborotlaridan foydalaniş imkoniyati yaratiladi hamda musobaqa va musobaqalardan taşqari bölgan davr mobaynida doping-test jarayonlaridan özbekistonlik sportçilar ötişi töğrisida aniq axborot şakllanadi, doping-nazorat tizimi taşkil etiladi. Ayniqsa, Özbekiston sportçilari dori vositalaridan terapevtik maqsadlarda foydalanişi va taqiqlangan dori vositalaridan foydalanmasligi töğrisida aniq tavsiyalar beriş mexanizmi va samarali antidoping tizimi joriy etiladi.
Qaror bilan, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qömitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining «Milliy antidoping xizmati» negizida «Sport psixologiyasi bölimi»ni taşkil etiş közda tutilgan. Şuningdek, agentlik tarkibida 3ta bölim va 2ta komissiya taşkil etilişi natijasida sportçilar, murabbiylar, sport tibbiyoti xodimlari va boşqa mutaxassislarga soğlom va xaqqoniy sportni tarğiboti hamda taqiqlangan dori vositalari yoki uslublar nazoratini ta'minlaş kabi dopingga qarşi kuraşiş borasidagi qator muhim vazifalarni amalga oşiriş belgilab berilgan.
Bu borada agentlikka doping orqali sportçilarga yetkaziladigan zarar, inson soğliği uçun doping qabul qilişning salbiy oqibatlari töğrisida sport jamoatçiligini xabardor etiş, Butunjahon antidoping agentligining dasturlari va loyihalarini amalga oşiriş, xalqaro taşkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlaş va rivojlantirişga alohida e'tibor qaratiş zarurligi belgilangan.












