Apple korporatsiyasi protsessorlardagi sezilarli kamçilik iMac va iPhone’ning barça modellarida uçraşini tan oldi. Bu haqda kompaniya saytidagi bayonotda aytiladi.
Avvalroq ekspertlar sönggi 20 yilda çiqarilgan Intel protsessorlaridagi kamçilik haqida ma'lumot berişdi. Çiplarni loyihalaştirişda yöl qöyilgan xato jinoyatçilarga yadroning himoyalangan qismiga kiriş va u yerda saqlanuvçi loginlar, maxfiy sözlar hamda boşqa fayllarni öğirlaş imkonini beradi.
"Mac OS va iOS operatsion tizimlariga ega barça qurilmalarda şunday kamçilik bor, biroq hozirgi paytda undan foydalaniş usullari haqida heç narsa ma'lum emas. Bu kamçilikdan foydalaniş uçun qurilmaga zararli dasturiy ta'minot yuklanişi kerak, şuning uçun biz dasturlarni faqat tekşirilgan manbalardan yuklab olişni tavsiya etamiz", - deyiladi kompaniya bayonotida.
Bundan taşqari, Apple foydalanuvçilarni operatsion tizimlarning yangilanişi çiqqanida, uşbu kamçiliklardan keluvçi ehtimoliy tahdidlardan himoya qilişga va'da berdi.












