Ayni paytda Özbekistonning turli şaharlarida arzon uy-joylar qurilişi jadal tarzda davom etmoqda. Tabiiyki, aholida bunday uy-joyni kimlar olişi, arizani kimga topşiriş kerakligi töğrisida savol paydo böladi.
Adliya vazirligi tarqatgan xabarda aytilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 yanvardagi 14-son qaroriga asosan şaharlarda qurilayotgan 5, 7 va 9 qavatli arzon köp kvartirali uylardagi kvartiralarni jismoniy şaxslarga biriktiriş tuman hokimliklarida tuzilgan hududiy komissiya tomonidan amalga oşiriladi.
Köp kvartirali uylardan kvartira sotib oliş uçun turar joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölgan jismoniy şaxs hududiy komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
-ariza;
-qarz oluvçining (birgalikda qarz oluvçilarning) moliyaviy holatini tasdiqlaydigan hujjatlar;
Uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölgan jismoniy şaxsning quyida körsatilgan mezonlardan biriga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar:
-öz uy-joyining yöqligi yoki eskirgan uylarda yaşaş;
-bir uyda (bir kvartirada) boşqa oila yoki boşqa oilalar bilan birgalikda yaşaş;
-köp bolali oila;
-ona (ota)ning töliq bölmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalaşi;
-ariza beruvçining oila a'zolari orasida surunkali kasallikning oğir turlaridan azob çekuvçi alohida xonada yaşaşga muhtoj bölgan şaxslarning mavjudligi;
-oila tarkibida birinçi guruh nogironi mavjudligi;
-turar joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turar joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi.
-tayanç doktoranturaning 2-kursidan boşlab, oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar.
Hududiy komissiya har yili:
-joriy yil Dasturi doirasida qurilayotgan köp kvartirali uylardagi barça kvartiralarni biriktirişni 1 fevralgaça bölgan muddatda tugallaydi;
-bölajak yilda quriladigan köp kvartirali uydagi barça kvartiralarga potensial qarz oluvçilarning töliq röyxatini












