1 yanvar kuni qişki transferlar dariçasi oçilganidan buyon bir neçta jiddiy transferlar amalga oşirib bölindi. «Liverpul» van Deykni öziniki qildi, «Lester» nihoyat Adriyen Silvani öz futbolçisi sifatida röyxatdan ötkazdi, Diyego Kosta «Atletiko»ga qaytdi, «Bavariya» içki çempionatdagi raqiblarni kuçsizlantirişni davom ettirib «Hoffenhaym» hujumçisi Sandro Vagnerni öz safiga qöşib oldi, Arsen Venger öziga xos tarzda 2,1 million yevroga transfer qildi, Gretsiyadan nomini aytiş murakkab bölgan yoş himoyaçi Londonga keldi.
«Tribuna» qişki transferlar vaqtida amalga oşişi mumkin bölgan yana 10 transferni körib çiqadi.
Filippe Koutino, «Liverpul»
Transfer bahosi: 65 million yevro (transfermarket)
Qayerga: «Barselona»

Har bir transfer dariçasida eng köp muhokama qilinadigan transfer afsonasi böladi. Koutino va «Barselona» tarixi esa allaqaçondan buyon davom etmoqda. Avgust oyidayoq uşbu futbolçi Kataloniyada bölişi mumkin edi. Ammo Yurgen Kloppning qaysarligi öşanda bu transferga tösiq bölgandi. Endi esa Koutinoning öjarligi ustun kelmoqda va futbolçi yana jarohat olganini bahona qilib jamoa öyinlarini boykot qilmoqda. Natijada, «Liverpul» futbolçisini «Barselona» taklif etayotgan 110 million yevro (qöşimça 40 million yevro bonuslar körinişida) evaziga transfer qilişga rozi.
Bu vaqtda «Barselona» homiylaridan biri Nike öz internet magazinida Koutinoning transferi haqida muddatidan oldin e'lon qilib yubordi.
Leon Gorettska, «Şalke»
Transfer qiymati: 40 million yevro (transfermarket)
Qayerga: «Bavariya»

Bir hafta muqaddam Bild naşri 2017 yilgi Konfederatsiyalar kubogida Germaniya terma jamoasida özini körsatgan 22 yoşli bu futbolçi yozda «Bavariya»ga ötişi haqida yozgandi.
Ammo myunxenliklar jamoasi murabbiyi Yupp Haynkess barçasini inkor etdi: «Gorettskaning agenti aytdiki, uni ispan klublari sotib olmoqçi». Ammo hamon myunxenliklar uşbu futbolçi uçun asosiy da'vogar bölib turişibdi va uning yozda kelişi böyiça şu kunlardayoq kelişib qöyişmoqçi.




















