Nyu-York ştati gubernatori Endryu Kuomo yomon ob-havo şaroiti tufayli ştatda favqulodda vaziyat tartibi kiritilişini e'lon qildi. Şuningdek, Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroport ham öz işini töxtatişga majbur bölgan.

“Men yomon ob-havo şaroiti tufayli Nyu-York, Uestçester va Long-Aylendda favqulodda vaziyat tartibi kiritilişini e'lon qilaman”, deb yozgan Kuomo tvitterda.

“Kuçli şamol va köriş darajasi pastligi sababli parvozlar vaqtinçalik töxtatildi”, deb ma'lum qilingan Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda. 

Ob-havo mutaxassislarining prognoziga köra, havo harorati 9 gradus sovuqdan pasayib ketadi.