Tunis Transport vazirligi Emirates Airlines aviakompaniyasiga mamlakatga uçib keliş va undan parvoz qilişga qöyilgan taqiqni bekor qildi. Uşbu taqiq dekabr oxirida BAA hukumatining mamlakatga Tunis fuqarolari bölgan ayollarni kiritmaslik böyiça qaroriga javoban joriy etilgandi, deya xabar berdi Transport vazirligi öz saytida.

BAA Taşqi işlar va xalqaro hamkorlik vazirligi payşanba kuni mamlakat hukumati ötgan yilning dekabr oyida joriy etilgan hamda Tunis fuqarolari bölgan ayollarning Emirates Airlines aviakompaniyasida parvoz qilişiga qöyilgan taqiqni bekor qiliş haqida bir qarorga kelganini xabar berdi.

"Kompaniya Tunisga va undan parvozlarni tiklamoqda, bu Tunis fuqarolari bölgan ayollarga nisbatan körilgan çoralar bekor qilinganidan söng yuz bermoqda. Kelişuv şuni nazarda tutadiki, Emirates aviakompaniyasi xalqaro kelişuvni hurmat qiladi", - deyiladi vazirlik xabarida.

Şu bilan birga, BAA taşqi siyosat idorasi Tunis bilan hamkorlikni va uşbu davlat tomonidan taqdim etilgan ma'lumotni yuqori baholaşini bildirdi.