Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekkino” Milliy agentligi faoliyatini taşkil etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2017 yil 7 avgustdagi PQ-3176-son qarorini bajariş yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:
1. “Özbekkino” Milliy agentligi (keyingi örinlarda Agentlik deb ataladi), “Özbekfilm” aksiyadorlik jamiyati, “Özbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi” mas'uliyati çeklangan jamiyatning:
a) Agentlik huzurida “Multiplikatsion filmlar studiyasi” Davlat unitar korxonasini taşkil etiş;
b) Agentlik tizimiga kiruvçi:
“Özbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi’- Mas'uliyati çeklangan jamiyatni “Hujjatli filmlar kinostudiyasi” Davlat unitar korxonasiga aylantiriş;
“Yoşlar tajriba-ijodiy 5-studiyasi” Davlat korxonasini “Yoşlar ijodiy tajriba studiyasi” Davlat unitar korxonasi sifatida qayta nomlaş haqidagi takliflari ma'qullandi.
2. Quyidagilar:
“Özbekkino” Milliy agentligining taşkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
“Özbekkino” Milliy agentligi töğrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
"Özbekkino” Milliy agentligi huzuridagi Özbekiston kinoarboblari ijodiy uyuşmasi ustavi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
3. Belgilab qöyilişiça:
Agentlik kinematografiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiruvçi davlat boşqaruvi organi hisoblanadi;
Agentlikning markaziy apparati, “Qoraqalpoqkino” agentligi, Agentlikning viloyatlar va Toşkent şahar bölimlariga Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boşqaruv organlari, sud organlari va notarial idoralari xodimlari mehnatiga haq tölaş tarif setkalarini joriy etiş töğrisida” 1996 yil 12 apreldagi 147-son qarori bilan belgilangan mehnatga haq tölaş tartibi qöllaniladi.
4. Agentlik ikki oy muddatda Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelişgan holda "Respublika kinofondi’' davlat unitar korxonasi xodimlarining mehnatiga haq tölaş böyiça razryadlar va ştatlar jadvalini tasdiqlaydi.












