Bugun  Toşkent viloyatida xalq deputatlari Toşkent viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötmoqda. Sessiyada iştirok etayotgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev viloyatda göşt tanqisligi masalasiga ham töxtalib ötgan.

«Hozirgi devalvatsiya şaroitida 1 kg. göştning narxi aslida 250 ming bölişi kerak. Hozir amallab narxni uşlab turibmiz», deya prezidentning sözlarini keltirgan «Xabar.uz».

Prezident Toşkent viloyatining Quyiçirçiq tumanida yiliga 12 ming tonnalik baliqçilik xöjaligi barpo etilişini qöşimça qilgan. Bu orqali qaysidir darajada göşt narxini uşlab turiş möljallangan.

Eslatib ötamiz, ötgan yil yozidan viloyatlar bozorlarida göşt mahsulotlari uçun muayyan narx belgilab qöyilgan, qassoblarga 1 kg göştni 20-25 ming sömdan ortiq narxda sotmaslik körsatma qilingandi. Ammo narxni majburan pasaytiriş özini oqlamadi, ayni vaqtda bozorda 1 kg göşt narxi 35-40 ming söm atrofida.