Xitoy BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyalarini bajariş doirasida KXDRga tovarlar eksportini çekladi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti» Xitoy tijorat vazirligiga tayangan holda.

XXR Xavfsizlik Kengaşi sanksiyalarini bajariş doirasida Şimoliy Koreyaga xom neft eksportini çeklaydi. Şuningdek temir, sanoat uskunalari va transport vositalari eksporti butunlay töxtatiladi.

«Uşbu qaror e'lon qilinganidan boşlab KXDRga temir, pölat va boşqa metallar, şuningdek sanoat uskunalari hamda transport vositalari eksporti butunlay töxtatiladi», - deyiladi Tijorat vazirligi xabarida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Reuters agentligi Rossiya tankerlari oktabr va noyabrda Şimoliy Koreya kemalariga bir neça marta neft quyib bergani, bu sanksiyalarga qaramay yuz bergani haqida xabar bergandi.