Udine va Padui Universitetlari tadqiqotçilari kamharakat hayot tarzining inson soğliğiga ta'siri örganilgan tadqiqot ötkazişdi. Ikki hafta mobaynida harakatsiz qoldirilgan keksa yoşli kişilarni tadqiq qiliş jismoniy faolliksiz muşak atrofiyasi ança murakkab keçişini körsatdi.
Olimlarning sözlariga köra, turli yoşdagi kişilarda ham xuddi şunday muşaklar atrofiyasi kuzatiladi — jismoniy harakatning yöqligi, notöğri ovqatlaniş va zararli odatlar oğir yurak kasalliklarini keltirib çiqarişi barobarida töğridan-töğri moddalar almaşinuviga ta'sir qiladi. Bu esa tana massasining ösişi va gormonal balansning buzilişiga sabab böladi.
Olimlar şuningdek kamharakat hayot tarzi natijasida yuzaga kelgan kasalliklar nafaqat muşak tonuslarining qayta tiklanişini qiyinlaştirişi, balki köp holatlarda insonni mustaqil harakatlaniş imkonidan ham mahrum qilişi mumkinligini ta'kidlaşdi. Organizmni tonusda uşlaşga doir amaliy tavsiyalar köpçilikka ma'lum — hatto qisqa muddatli muntazam sayrlar ham organizmning normal işlaşga yordam beradi.












