AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Meksika bilan çegarada devor qurişning dastlabki bosqiçi uçun kongressdan 18 mlrd dollar ajratişni söradi. Ta'kidlanişiça, devor qurilişi 2027 yilda yakuniga yetadi. Bu haqda The Washington Post naşri tegişli hujjatga asoslanib xabar berdi. 

Hujjatga köra, bu mablağlar 508,6 km.lik qöşimça tösiqni quriş hamda 655 km.lik mavjud tösiqni mustahkamlaş uçun sarflanadi. Agar hammasi risoladagidek ketsa, 2027 yilga kelib AQŞning Meksika bilan 3,2 ming km.lik çegarasining yarmidan köproği sun'iy tösiqlar bilan himoyalanadi.

Bu taklif 2018 yil byudjyeti böyiça kongressda maslahatlaşuvlar olib borilayotgan vaqtda bildirildi. Bu moliyaviy yil 2017 yilning 1 oktabrida boşlangan. Tramp 22 dekabrda federal hukumatning 19 yanvargaça moliyalaştirilişi haqida vaqtinçalik rezolyutsiya loyihasini imzolagan. Agar kongressmenlar 19 yanvargaça byudjyet böyiça kelişa olmasalar, federal idoralar faoliyat yuritiş uçun mablağsiz qoladilar. Trampning taklifi demokratlar tomondan tanqid qilingan. 

Meksika bilan çegarada devor quriş Trampning eng muhim saylovoldi va'dalaridan biri hisoblanadi. Tramp bu devorni quriş haqidagi farmonni 2017 yil 25 yanvarida imzolagandi.