Eron hukumati mamlakatda hukumatga qarşi namoyişlar sababli Telegram messenjeriga kiritilgan taqiqni töliq olib taşladi. Bu haqda 6 yanvarda Fars axborot agentligi ma'lum qildi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Instagram va Telegram ijtimoiy tarmoğiga kiriş Eron milliy xavfsizlik oliy kengaşi qarori bilan 31 dekabrda kiritilgan vaqtinçalik taqiq bekor qilingandan keyin oçildi. Instagram’dan taqiq 5 yanvarda olingan.
Avvalroq Eronning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vaziri Muhammad Javod Ozori Jahrumiy agar “terrorçilar kanallari” yopilmasa, Telegram’ni töliq bloklaş bilan tahdid qilgandi. Eron Majlisi prezidiumi vakili Bahrus Ne'matiyning tuşuntirişiça, parlament a'zolari messenjerning taqiqlanişi uzaytirilişini qöllab-quvvatlamaganlar va unga doimiy asosda kirişni taqiqlaşga qarşi çiqqanlar. Ne'matiyning ta'kidlaşiça, dastur Eron halqi duşmanlari tomondan qöllangani sababli tösilgan, şu munosabat bilan Telegram rahbariyatini bunday hodisalarga qarşi qat'iy çoralar körişga çaqirgan. Aks holda Eron hukumati boşqa şunga öxşaş servislarni qöllaş imkoniyatini körib çiqişi mumkin.
Eronda hukumatga qarşi namoyişlar 28 dekabrda boşlangandi. Mamlakatning turli şaharlaridagi namoyişçilar narx-navo kötarilişidan norozilik bildirişgan.












