Qozoğiston Milliy iqtisodiyot böyiça vazirligi sobiq rahbari Quvondiq Bişimbayev 8 yanvar kuni bölib ötgan sud majlisida özini pora oliş va mulkni özlaştiriş bilan boğliq korrupsiya jinoyatlarida aybdor deb tan olişdan boş tortdi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.

«Men özimni ayblov xulosasida tilga olingan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb hisoblamayman. Men buni aniq bilaman, hurmatli sud, sizga özimga ma'lum bölgan narsalarga asoslangan pozitsiyamni yetkazişga harakat qilib köraman», - deya aytib ötgan Bişimbayev.

Şu bilan birga, u Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyevdan keçirim sörab, «özining barça professional yutuqlari bilan» undan qarzdor ekanini ta'kidlab ötdi.

Eslatib ötamiz, Bişimbayev ötgan yilning yanvarida poraxörlikda gumonlanib hibsga olingandi.