Rossiyaning «Tosno» klubida töp surayotgan Özbekiston terma jamoasiga nomzod futbolçi — Vagiz Galiulin çempionatdagi tanaffusdan foydalanib, tuğilib ösgan yurti Andijonga keldi. Futbolçi bilan KUN.UZ naşri öquvçilari uçun mö'jaz suhbat uyuştirdik.

Galiulin intervyu davomida «Tosno» klubidagi faoliyati, futbolimizning bugungi holati, bolalar futboliga berilayotgan e'tibor, kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.

«Navbatdagi 2022 yilgi jahon çempionatiga çiqiş terma jamoa uçun oson bölmaydi. Çunki, ötgan saralaş öyinlarida asosiy jamoa safida juda köp iqtidorli futbolçilardan iborat tajribali avlod faoliyat yuritgan edi. Endi ularning örniga yoşlarimiz kelişi  kutilmoqda. Demak, navbatdagi avlod tezroq tajriba töplab, saralaş bahslarida muxlislar kutgan öyinlarni namoyiş etişi kerak.

Menga kelsak, yoşligimdan futbol bilan şuğullanişni boşlaganimdan beri bitta orzuim bölgan u ham bölsa – Özbekiston  terma jamoasida töp suriş.  Doim murabbiy ştabidan çaqiriq kutaman. Vatan jamoasida öynab, bor kuç va mahoratimni namoyiş qilişni juda-juda hohlayman», - deya gapirib ötdi Galiulin terma jamoadagi faoliyati haqida.

Futbolçi Şörbuloq dahasidagi futbolga ixtisoslaşgan maktab-internatidagi yoş futbolçilarga mahorat darslari ötib, tarbiyalanuvçilarning mahoratiga katta baho berdi.

Intervyuning töliq körinişi bilan quyidagi video orqali tanişib olişingiz mumkin.

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Tasvirçi: Ahrorbek Yoqubjonov.