Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda şifokorlar çaqaloqni parazit-egizagidan ajratişni közda tutuvçi 15 soatlik jarrohlik operatsiyasini muvaffaqiyatli tugallaşdi.
Farah ismli qizça va Hanin ismli öğil bola ötgan yilning oktabr oyida Falastinda dunyoga kelgan, ular tana a'zolarining pastki qismlari orqali boğlangan. Biroq Hanin töliq şakllangan bola bölib, Farahning esa öpka va yurak sohalari bölmagan. Operatsiya davomida tibbiyot xodimlari dastlab çaqaloqlarning içak va jigarini ajratişdi, söng tos sohasini ajratişga kirişişdi.
Siam egizaklari valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon farmoniga muvofiq, Falastindan Saudiya Arabistoniga keltirildi. Jarrohlik amaliyoti qirol Abdulloh nomli bolalar şifoxonasida bölib ötdi. Jarrohlar brigadasini doktor Abdulloh bin Abdulaziz Ar-Robia' boşqargan.


Operatsiya muvaffaqiyatli ötgan. Hozirda Hanin qayta tiklaniş jarayonini boşdan ötkazmoqda. Bolakayning otasi oilaga beminnat yordam qölini çözib, barça xarajatlarni öz zimmasiga olgan şahzodaga minnatdorçilik bildirgan.












