Surxondaryo viloyatining Şerobod tumanida dunyoga kelgan tört oyoqli çaqaloq Samarqand viloyati bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazida ikkita murakkab jarrohlik amaliyotidan ötdi. Bu haqda markaz rahbariyati Kun.uz naşriga ma’lumot berdi. Qayd qilinişiça, bolani yana bir neçta şunday murakkab jarrohlik amaliyoti kutmoqda.
Ta’kidlanişiça, bola 28 aprel kuni Şerobodda tuğilgan, ertasi kuni Samarqandga yuborilgan. Unga köp sonli tuğma rivojlaniş nuqsonlari, birga qöşilib ketgan egizaklar va qöşimça pastki tana va oyoqlar kompleksi taşxisi qöyilgan. Oyoqlarning ikkitasi kalta, rudimentar şaklda va harakatsiz bölgan. Murakkab jarrohlik amaliyoti davomida qöşimça pastki tana va oyoqlar amputatsiya qilingan.

Şifokorlar fikriga köra, odatda bunday patologiya bilan dunyoga kelgan çaqaloqlarning yaşab ketişi qiyin böladi. Biroq bolaning hayotini saqlab qoliş uçun barça imkoniyatlar işga solinadi.
Qayd qilinişiça, ayol homilasi 26 va 36 haftaligida skrining tekşiruvidan ötkazilgan. Ammo şifokorlar bolaning soğlom ekanini, şunçaki kindigi öralib qolganini aytgan. Taxminlarga köra, skrining tekşiruvini ötkazgan xodim tekşiruv davomida e’tiborsizlik qilgan bölişi mumkin.
Ayni paytda çaqaloq yangi va murakkab jarrohlik amaliyotlariga tayyorlanmoqda.













