«Ketişim dabdaba-yu, kelişim şaldiroq arava böldi» – derdi Murod Rajabov sevimli «Ajoyib xayolparast» filmida. Filippe Koutinoga kelganda, bu iboraning teskarisini qöllaş mumkin. Transfer qiymati böyiça dunyoda ikkinçi örinni band etib, deyarli yarim yil davom etgan serialning yakuni ölaroq «Kamp Nou»ga taşrif buyurgan Koutino bir neça yil oldin «Barselona» «tumşuğining tagida», «Espanol»da töp tepib yurardi.
Foto: Global Look press
U paytlarda kataloniyaliklarning bor e'tibori okean ortida, Neymarning afsunlariga mahliyo edilar. Keling, bir boşdan...
DASTLABKI QADAMLAR
Filippe Koutino 1992 yilning 12 iyunida, Braziliyaning madaniy poytaxti Rio de-Jyeneyroda tuğilgan. Yirik şaharning sanoat zonasida katta bölgan Filippe oilada uçinçi farzand edi. Uning otasi arxitektor bölib işlagan, akalari esa, keyinçalik mamlakatida maşhur yurist bölib yetişdi.
Koutinoning bolaligi boşqa braziliyalik futbolçilardan farq qilmagan – to kimningdir nazariga tuşgunça, asosan beton yoki asfaltlarda töp tepiş bilan şuğullandi. Bolakay öz kelajagini Braziliya terma jamoasi safida öynaş orzusi bilan boğlay boşlagaç, uning ota-onasi yordamçi bölişdi. Ular Filippening futzal maydonlaridagi harakatlarini videotasvirga tuşirib olişar va mahalliy skautlarga körsatişardi.
Qahramonimiz futbol sirlarini «Vasko Da Gama» akademiyasida örgandi. Uning ajoyib texnikasi va maydonni köra bilişi murabbiylarni öziga tezda jalb qilar, uning ançagina nozik ekaniga ham e'tibor qaratib ötirişmasdi. Koutino ança erta, 18 yoşidayoq Yevropaga ketişga muvaffaq böldi.
«INTeR»DAGI MAVHUMLIK IÇIDA
Foto: goal.com
Aslida u 2008 yildayoq, ya'ni 16 yoşida Italiyaning «Inter» klubi nazariga tuşib ulgurgan va 2.8 millionlik şartnomaga imzo çekilgandi. Faqat A Seriya qoidalariga köra, baloğat yoşiga yetmagan Koutino milanliklar tarkibida töp sura olmasdi, şuning uçun, 2 yil ijara şartnomasi asosida Braziliyada öynab yurdi. 2010 yilning avgustida nihoyat «Inter» safiga kelib qöşilgan Koutino ilk golini oradan salkam bir yil ötib, «Fiorentina» darvozasiga jarima zarbasidan urgandi.
Mavzuga oid
Ammo «Inter»ning asosiy tarkibiga kiriş yoş futbolçi uçun qiyinçilik tuğdirardi. Jamoada bir qator yetakçi futbolçilar bölib, Koutino öz imkoniyatini juda kam holatlarda qölga kiritardi. Köproq öyin amaliyotini istagan futbolçi Ispaniyada, «Espanol»da ijara asosida öynaşga rozi böldi.
Foto: Marca
2012 yilning yanvaridan öşa mavsum oxirigaça u kataloniyaliklar tarkibida 16 öyinda maydonga tuşib, 5 gol muallifi böldi. Jumladan, ta'kidlaş joizki, öşanda u «Kamp Nou»da töp surişga ham ulgurgan. Mezbonlar 4:0 hisobida ğalaba qozongan öyinda, heç kim yoş Koutinoga e'tibor qaratmagan bölsa kerak.
«Inter»dagi beqarorlik, tinmasdan murabbiylarning almaşişi ijarada yurgan Koutinoga yaxşiroq nazar solişga fursat bermasdi göyo. Uning özi kumir sifatida Ronaldinoni tanlagan, ba'zi fintlari bilan maşhur afsungarni yodga solsa-da, taktik qaraşi va öyin intizomi borasida Koutinoni Kakaga ham qiyoslaş mumkin. Koutino brazilça gözallikni jamoaviy öyinga aralaştira olgandi, balki şuning uçunmi, u öşa yigirma yoşida boşqa tengqurlari kabi yarq etib közga taşlanmagandir. Axir barqaror jamoaviy öyinsiz Koutinodagi ulkan salohiyatni köriş yanada qiyinroq bölib ketardi.
APLDA PORLAGAN BRAZIL
Mana şunday murabbiy «Liverpul»da topildi. «Sauthempton» va «Liverpul» tomonidan qiziqiş bildirilgan yarimhimoyaçi Brendan Rojyers jamoasini tanladi. Yoş futbolçining kelajagini taxmin qilişdan zarurroq işlari bölgan «Inter» bu transferga u qadar qarşilik qilib ötirmadi va 2012/13 yilgi mavsumining örtasida, atigi 8.5 million funt sterlingga Filippe Koutino «Liverpul» a'zosiga aylandi.
Kelasi mavsumda «Liverpul» balki hozirgaça eng yaxşi yillaridan birini ötkazdi, jamoa hatto çempionlik unvoniga ham bir qadam kelgandi. Faqat Jyerrard öşa qadamni bosayotib yiqilib tuşganini hamma eslasa kerak. Xullas, Suares, Jyerrard, Starrij, Sterling kabi yorqin futbolçilar içida ham Filippe Koutino porlay oldi va jurnalistlar uni klubning mavsumdagi eng yaxşi futbolçisi deb e'tirof etişdi.
Uyoğini siz ham yaxşi bilasiz, keyingi yillarda Koutino jamoaning eng muhim futbolçisiga aylandi, 40 dan ortiq gol urdi, APLda eng köp gol urgan braziliyalik futbolçi sifatida qayd etildi. Uning «Barselona»ga transferi böyiça muzokaralar salkam olti oy davom etdi va yakunda u La Liga peşqadami tarkibidan klub afsonasi Yohan Kroyffning 14-raqamida maydonga tuşadigan böldi.
OILA – ASOSIY TAYaNÇ
Filippe bölajak turmuş örtoğini 14 yoşida, Riodagi odatiy raqs keçalaridan birida uçratgandi. U Ayneni Italiyaga özi bilan olib keldi va juftlik birga yaşay boşladi. 2012 yilda esa yoşlarning nikoh töyi bölib ötdi. Aynan rafiqasi Koutinoning asosiy tayançi va ilhomi hisoblanadi. Koutino har gol urganda tribunadan rafiqasi qidiradi. Yoş oila öğil (Filipp) va qizni (Mariya) katta qilişmoqda.
«BARSeLONA»GA TRANSFeR: PLYuS VA MINUSLAR
Foto: sportfotodienst
Kutilmaganda Neymarning ketişi «Barselona»ga munosib örinbosarlar qidirişga undadi va dastlabki kunlardanoq, asosiy e'tibor «Liverpul» yetakçisiga qaratildi. Faqat «Liverpul»ning qat'iyati bu transferni qişgaça keçiktirdi. Kataloniyaliklarning fikrlaridan qaytmaganliklari va balki, Muhammad Saloh obrazida Klopp yangi yetakçini topgani bu transferni tezlaştirdi va tomonlar yozni kutmaslikka qaror qilişdi. Xöş, Koutino «Barselona»ga nima beradi?
Birinçidan, baribir ham öz maqsadiga erişiş va kerakli futbolçini «Kamp Nou»ga olib keliş Barselona klubi imiji uçun munosib yakun böldi.
Ikkinçidan, Koutino «Barselona» hujum çiziğiga va maydon markaziga kerakli impulsni bera oladi. Yoş futbolçi «Liverpul»da öz öyini bilan top-yulduzlar qatoriga kiriş salohiyatini namoyiş qildi, ammo jamoaviy yutuqlarga erişmadi. Jamoaviy sovrinlar ötida yonayotgan yangi futbolçi kataloniyaliklar uçun ayni muddao.
Uçinçidan, Koutino universal va taktik jihatdan serqirra futbolçi. Valverde uni Dembele örnida qanotlarda ham, Rakitiç yoki Inesta örnida markaziy yarimhimoyada ham va hatto Messi örnida ham sinab körişi mumkin. Ya'ni, murabbiy Koutino yordamida öyin sifatiga ta'sir körsatmagan holda öz yetakçilarini rotatsiya qiliş imkoniga ega böladi.
Törtinçidan, «Liverpul»ning yuqori pressingga asoslanib öyin körsatişi va tezkor qarşi hujumlarga suyanişi «Barselona»ning ham, Valverdening ham qaraşlariga juda mos keladi. Koutino yuqorida aytilganidek, braziliyalik bölsa-da, taktik jihatdan intizomli futbolçi.
Beşinçidan, «Barselona» Koutino misolida yana bir uzoq masofadan zarba bera oladigan qurolga ega böladi. Futbolçi APLda özi öynagan davrda jarima maydoni taşqarisidan eng köp gol urgan futbolçi hisoblanadi – aksariyat öyinlarda raqib ön kişi bölib himoyalanadigan «Barselona» uçun yana bir kuzirga ega böliş ayni muddao. Şuningdek, çap tomondan standart vaziyatlar va jarima töplarini tepişda Messiga şerik topildi.
Foto: premierleague.com
Bundan taşqari, Koutinoning öz vaqtida Suares bilan «Liverpul»da ajoyib boğlam hosil qilgan, terma jamoa safida Paulino bilan ança yildan beri yaxşi şerik bölib kelayotgandi va albatta, oz bölsayam, La Liga tajribasi futbolçining adaptatsiya jarayonini tezlaştiradi.
Uşbu transferning darajasi va uning atrofidagi şov-şuvlar «Barselona» atrofida ijobiy muhit yaratayotgan bölsa-da, bu kelişuvning aynan qişda bölgani biroz afsuslanarli bölganini e'tirof etiş kerak. Koutino Yevropa Çempionlar Ligasida maydonga tuşa olmaydi. La Ligada esa, «Barselona» yaqin ta'qibçisidan 9 oçko ilgarilab ketgan («Real»dan 16 oçko) holda, hali birorta ham mağlubiyatga uçramay, juda tekis bormoqda. Ya'ni, yaxşilab öylab körilsa, Koutinodan töliq foydalaniş baribir kelasi mavsumga qoladi. Çempionlar Ligasida esa, «Barselona» uşbu 160 million yevrolik sarfni aks ettira olmaydi.
Agar «Liverpul» tomonidan Koutinoni ijaraga oliş taklifi «Barselona» tomonidan rad etilganini hisobga olsak, uşbu mavsum uçun ham klubda Koutino bilan boğliq jiddiy rejalar borligini taxmin qilsa böladi. Adaptatsiya va jamoaga örganiş jarayonini tezlaştiriş, transferni naqd qilib qöyişdan taşqari, yuqorida aytilganidek, rotatsiya uçun ham Koutino kerak. Inesta yoki Rakitiç Çempionlar Ligasi öyinlari uçun tiklanayotgan paytda, Koutino La Ligada javlon urayotgan böladi. Kutamiz.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi