Bukri kit tadqiqotçi ayolni akuladan himoya qildi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda. Uşbu voqea videosi Youtube’da joylaştirilgan.

Voqea Tinç okeanining janubiy qismida, Kuk oroli yaqinida yuz bergan. Ayol biolog Nen Xauzer kit oldida suzib yurganda, yoniga 3 metrlik yölbars akula suzib kelganini payqamay  qolgan. Kit akulani payqab, ayolni suzgiçlari bilan panalab, himoyalay boşlagan. Kit hattoki belida 63 yoşli ayolni suv sirtiga olib çiqib qöygan. Ayolning aytişiça, nariroqda suzib yurgan boşqa kit ham yirtqiç akulani haydaşga harakat qilgan.

Biologning fikriça, uşbu holat kitlarda boşqa jonzotlarni himoya qiliş instinkti mavjudligini isbotlaydi.