Yuksak texnologiyalar ixlosmandlari uçun yilning boşlanişi — bu avvalo CES körgazmasi va bu yirik texnologik şou davomida ommaga namoyiş etiluvçi yangiliklar, degani. LG kompaniyasi navbatdagi marta yana ğayrioddiy narsani namoyiş etişga muvaffaq böldi — rulon qilib örasa böladigan, yuqori tiniqlikdagi televizor, deb yozadi hi-news.ru.
Unçalik köp joyni egallamaydigan ulkan televizor orzusidagilarning orzusi uşalganga öxşaydi. Şunaqasi bölişi mumkinmi? Bu savolga javoban LG Display tomonidan taqdim etilgan, 65 dyuymli OLED ekranga ega, rulon qilib örasa böladigan televizor körsatilmoqda.

Ikki yil muqaddam, xuddi şu Las Vegasda ötkazilgan CES davomida LG Display 18 dyuymli, oddiy gazetadek örab olsa böladigan OLED-displeyni namoyiş etgan edi. 1200x800 piksel ziçligiga ega bölib, 3 santimetr diametrli rulon şakliga kira olar edi.
Endi esa ötmişdagi prototip 65 dyuymgaça «ösgan». Yangi televizor nafaqat yirik, 65 dyyumli ekrani bilan, şuningdek, köpçilikka 4K format sifatida taniş UHD tiniqligi bilan ham kişini hayratga soladi. Yangi işlanma OLED texnologiyasining yuqori salohiyatidan darak berib turibdi.

Televizorni gazetadek öraş nega kerak özi? Albatta, saqlaş va taşişni osonlaştiriş uçun. Bundan taşqari, yangi televizor texnologik devaysdan köra köproq devorga ilinadigan kartinaga öxşab ketadi. U haqda ortiq ma'lumot oşkor etilmagan.
Ötgan hafta içida LG kompaniyasi özining boşqa bir innovatsion işlanmasi — 8K formatdagi 88 dyuymli, ekrani OLED-texnologiya asosida yaratilgan televizori bilan taniştirdi. Bu yangilik ham Las Vegasda iste'molçilik klassidagi texnologiyalar şousida debyut qiladi.












