9 yanvarda Şimoliy Koreya va Janubiy Koreya örtasida vazirlar darajasida munosabatlarni yaxşilaş yöllari va şimollik sportçilarning Pxyonçangdagi Olimpiadada iştirok etişi böyiça muhokamalar boşlandi. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi.  

Janubiy Koreyaning milliy birlaşiş işlari böyiça vaziri Ço Myon Gyun va Şimoliy Koreyaning vatanni tinç birlaştiriş qömitasi raisi Li Son Gvon boşçiligidagi ikki davlat delegatsiyasi ikki davlat örtasidagi qurolsizlaştirilgan hududning janubidagi Pxanmunjom muzokaralar punktidagi “Tinçlik uyi” deb nomlangan joyda uçraşişdi. Avval ham bu yerda ikki tomon vakillari örtasida muloqotlar bölib ötgan. Muzokaralar yopiq tarzda, jurnalistlarsiz ötmoqda.

Şimoliy Koreya yetakçisi 1 yanvarda millatga yangi yil murojaatida yadroviy salohiyatni oşiriş, biroq şu bilan birga Janub bilan munosabatlarni yaxşilaş va fevralda şimollik sportçilarning Olimpiadada iştirok etişini qöllab-quvvatlab çiqdi. Öz navbatida Seul Pxenyanning muloqotga tayyorligini ijobiy qarşilab, oliy darajada muzokaralar ötkazişni taklif qildi. 

Ço Myon Gyun uçraşuv arafasida muzokaralarda e'tibor Şimoliy Koreyaning Olimpiadada iştirok etişiga qaratilişini va keskinlikni yumşatiş masalalari körib çiqilişi mumkinligini ma'lum qilgan.