Ma'lumki, yoşlar tarbiyasiga, kişilar xulqiga salbiy ta'sir körsatuvçi pornografik mazmundagi mahsulotlarni Özbekiston hududiga olib kiriş amaldagi qonunçilik talablariga muvofiq taqiqlangan. Şunga qaramasdan, işlaş yoki boşqa maqsadda xorijga çiqqan ayrim fuqarolar tomonidan pornografik mazmundagi videolavhalar va fotosuratlarni turli moslamalar orqali yurtimizga olib kirişga uriniş holatlari uçramoqda. Yaqinda Qarşi xalqaro aeroportida ana şunday qonunbuzarlik holatlaridan biri aniqlandi. Bu haqda Qaşqadaryo viloyati bojxona boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
“Moskva-Qarşi” yönalişidagi 624-sonli aviareys bilan uşbu aeroportda parvozini yakunlagan Qarşi şahar 1-mittitumanda istiqomat qiluvçi endigina 18 yoşni qarşilagan fuqaro Olga Bogdasarova (ism-familiyalar özgartirilgan) yuklari bojxona nazoratidan ötkazildi. Şunda uning “Samsung” markali qöl telefoni xotirasida Özbekiston Respublikasi hududiga olib kirilişi taqiqlangan 134 dona pornografik mazmundagi videolavha borligi aniqlandi.
Açinarlisi şundaki, mazkur telefon xotirasidan Olga özining behayo xatti-harakatlarini yillar davomida tasvirga olib saqlab kelayotgan bir neçta videolavha ham joy olgan ekan. Qiziq, Olganing bu işlari, yuriş-turişidan ota-onasining xabari yöqmi? Nazorat qilmaganmi?
Yakunda tegişli sud idorasining qaroriga köra, yuqoridagi huquqbuzarlik holatlarini sodir etgan fuqaro Olga Bogdasarovaga nisbatan jarima jazosi belgilandi. Huquqbuzarlik aşyosi hisoblangan telefon apparati davlat egaligiga ötkazildi hamda uning xotirasidagi behayo lavhalar belgilangan tartibda yöq qilinişi ta'minlandi.
Darhaqiqat, bugungi kunda barça ota-onalar öz farzandlarini qimmatbaho va barça qulayliklarga ega telefonlar bilan ta'minlab kelmoqda. Bu bir tomondan yaxşi bölişi mumkin, biroq yuqoridagi kabi salbiy ta'sirlari borligini ham unutmaslik lozim.
Ma'lumot örnida aytiş joiz, joriy yilning ötgan davrida Qaşqadaryo viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan 81 ta holatda 8 ming 701 dona pornografik mazmundagi videolavha, karta va suratlarning bojxona çegaralari orqali mamlakatimizga olib kirilişining oldi olindi.
Şuni işonç bilan aytiş mumkinki, milliy an'analarga mutlaqo yot bölgan ğoyalarning jamiyatga kirib kelişiga qarşi qat'iy kuraş olib boriladi. Yoşlar ma'naviyati, ularning yorqin kelajagini ta'minlaş davlat siyosati darajasiga kötarilgan ekan, yot va axloqsiz ğoyalarni tarğib qilişga qarşi muntazam çora-tadbirlar amalga oşiriladi, jazo esa muqarrar.












