Özbekistonda propiska, pasport oliş, ta'lim, mehnat qiliş va boşqa konstitutsion huquqlarni amalga oşiriş bilan boğliq çeklovlarni bekor qiliş rejalaştirilmoqda.
2018 yilda mavsumiy işlarga jalb qilinganlar uçun uy-joy ijarasi, uy-joydan tekin foydalaniş bitimini tuziş talabini bekor qilinişi kutilmoqda. Bu haqda 9 yanvardan umumxalq muhokamasiga taqdim etilgan «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.
Dastur loyihasida yozilişça, joriy yilning 20 martiga qadar mavsumiy işlarga jalb qilinganlarni vaqtinçalik röyxatga oliş tizimini soddalaştiriş tadbiri amalga oşirilişi belgilangan. Şuningdek, fuqarolarning öz turar joylarida pasportsiz, propiskasiz yoxud turgan joyi böyiça hisobda turmagan şaxslar yaşab turişiga yöl qöyganlik uçun javobgarlikni yengillaştiriş şartlari qonun bilan körib çiqilmoqda.
2018 yilda fuqarolik pasportini oliş, ta'lim oliş, mehnat qiliş va boşqa konstitutsiyaviy huquqlarni amalga oşirişda propiska bilan boğliq çeklovlarni bartaraf qiliş nazarda tutiladi.











